O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
23 - iyul 2016

O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga bo‘lajak tashrifiga doir

2016-yilning 25-28-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Jidda shahrida Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasida va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining majlisida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan IHT va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar ham o‘rin olgan.



Marta o`qilgan: 6215