O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
8 - iyun 2015

IHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2015-yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Subat chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va ularni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda bugungi kunda 57 ta davlatni birlashtirgan tashkilotda mamlakatimizning ishtiroki muhokama qilindi.

Uchrashuvda IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida O‘zbekistonning 2016-yildagi bo‘lajak raisligi hamda TIVKning Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 6192