×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:36:11 (GMT +5), juma, 25 Маy 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabr qabul qilingan №378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq:

Jismoniy shaxslarning murojaatlari (keying o‘rinlarda murojaatlar) TIVga og‘zaki, yozma yoki elektron shakllarda qilinishi mumkin.

Vazirlikning “ishonch telefoni”ga qilingan murojaatlar og‘zaki murojaatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy elektron manziliga hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari yagona interaktiv portali (hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar sifatida ro‘yxatga olinadi.

Murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish uchun taqdim qilish hamda ijro ustidan nazoratni Kanselyariya amalga oshiradi.

Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan vaqtdan bir ish kunidan ko‘p bo‘lmagan davr mobaynida ko‘rib chiqishga kiritiladi.

TIV vakolatiga kirmaydigan murojaatlar tegishli idoraga jo‘natiladi hamda bu haqida murojaat qiluvchiga yozma yoki elektron tarzda ma’lum qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risida murojaat qiluvchiga yozma yoki elektron tarzda ma’lum qilinadi.

Javob xati mumkin qadar murojaat qilingan tilda yoziladi.

Ariza va shikoyatlar, agar qo‘shimcha o‘rganish talab qilinasa, kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar qo‘shimcha o‘rganish talab qilinsa, murojaat bir oy davomida ko‘rib chiqilihsi mumkin.