×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:14:07 (GMT +5), seshanba, 16 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining maqsad va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, «Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dasturiy nutqlari va ma’ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konvensiya va shartnomalarga asoslanadi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har tomonlama puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalardagi roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.

O‘zbekistonning tashqi siyosati XXI asrning shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqe’liklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Mazkur jihat faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va munosib choralar orqali yechim topishni talab etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining bosh maqsadi - bu davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar safidan o‘rin olish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik mintaqasini yaratishdan iborat.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun Respublikaning tashqi siyosiy muassasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;

- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;

- O‘zbekistonning regional va xalqaro siyosatdagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;

- O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash;

- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;

- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.

Tashqi siyosiy faoliyatning bosh va birlamchi vazifalaridan biri 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish sanaladi.

Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Marta o`qilgan: 41713