×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:49:38 (GMT +5), yakshanba, 21 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi va BMTning Bolalar jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi asosiy bitim 1994-yil 19-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 22-dekabr kuni ratifikatsiya qilindi.

1994-yil 1-mart kuni YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi va YuNISEF o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturi (Country program) doirasida olib borilmoqda.

1994-2000-yillar davomida hamkorlik qilish Mamlakat dasturining birinchi bosqichi, 2000-2004-yillar davomida ushbu dasturning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi.

2009-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va YUNISEF o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturining 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan uchinchi bosqichi imzolandi. Dastur davomida moliyalshtirish yillik 5 mln.dan 7 mln.ga AQSh dollariga oshdi va dasturning umumiy qiymati 42,234 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Mazkur dastur doirasida respublikada quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilmoqda:

- aholi farovonligini oshirish;

- onalik va bolalikni muhofaza qilish;

- bolalar hayot tarzini yaxshilash.

O‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturining asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, YUNISEF respublikada ona va bola sog‘ligini asrash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, onalik xavfsizligini ta‘minlash, OITSga qarshi kurashish sohalarida faoliyat olib bormoqda.

Bundan tashqari, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda:

- qizamiq, poliomiyelit, diareya va shu kabi kasalliklarga qarshi kurashish, chaqaloklarni emlashni kengaytirish;

- yod tanqisligi kabi muammolar yechimini topishga ko‘maklashish;

- 6 oydan 9 oygacha bo‘lgan bolalarga A vitamini qo‘shimchalarini berish orqali bolalar o‘limini kamaytirish va boshqalar

Bundan tashqari, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida ta’lim uchun Global Hamkorlik tomonidan respublikada ta’lim sohasini rivojlantirish uchun 49,9 mln. AQSh dollari miqdorida grant ajratildi.

2013-yil 15-may Toshkentda mamlakat dasturi YUNISEF delegatsiyasiga rahbari sifatida tashkilotning O‘rta va Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari hududiy direktori K.Madi boshchilik qildi. O‘bekistonni Bosh vazir o‘rinbosari A.Ikromov boshchiligidagi guruh . Uchrashuv davomidda erishilgan yutuqlar muhokama qilindi hamda keyingi ikkitomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YuNISEF vakolatxonasi o‘rtasida 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturi imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Marta o`qilgan: 13306