×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:35:03 (GMT +5), chorshanba, 13 - dekabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining BMTning ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari

1993-yil 26-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) ga a’zo bo‘ldi.

Tashkilotning nizomiga ko‘ra 1994-yil dekabr oyida O‘zbekistonda YUNESKO faoliyati muvofiqlashtirish va dasturlarni amalga oshirish uchun YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya tashkil etildi. Ijtimoiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Milliy komissiya raisi hisoblanadi.

Komissiya faoliyati dasturi 1995-yil 26-avgustda bo‘lib o‘tgan idoraning birinchi majlisida qabul qilindi. Majlisda tashkilotning bosh rahbari Federiko Mayor qatnashdi.

YUNESKO davlatlararo tashkilotining asosiy vazifasi – ta‘lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalari orqali tinchlikni mustahkamlashga, insonlar turmush tarzini yaxshilashga, barqaror taraqqiyotga va madaniyatlararo muloqotga erishishga qaratilgan.

YUNESKO tashkilotining asosiy organlari: Bosh anjuman, Ijroiya kengash va kotibiyat.

Tashkilot bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996-yil 23-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida YUNESKOning Bosh qarorgohi, Parij shahrida O'zbekistonda mazkur tashkilotning vakolatxonasi ochilishi to'g'risidagi shartnoma imzolandi. Vakolatxona rahbari Krista Pikkat hisoblanadi (Estoniya).

1995-yildan boshlab O‘zbekiston tashkilotning barcha sessiyalarida qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ikki bor, 1997-2001-yillar va 2009-2013 yillar davomida Ijroiya kengashi a’zoligiga saylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga ko‘ra 1998-yil 6 noyabrda Toshkentda Ijroiya kengashing mahsus uchrashuvida “Jahon ma’daniyati va YUNESKOning a’zo-davlatlar faoliyati” Deklaratsiyasi qabul qilindi.

Tashkilotning bosh rahbarilarining Toshkentga tashriflari mobaynida O‘zbekiston Respublikasi va YuNESKO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memoramdumlar imzolangan: F.Mayor (1995-yil 25-avgust) va K.Masuura (8sentabr 2006-yilda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusiga ko‘ra 1995-yil Samarqand shahrida YUNESKOning Markaziy Osiyo Tadqiqotlari xalqaro instituti (MOTXI) tashkil etildi. Institutning asosiy maqsadi tarix va ma’daniyat sohalarida xalqaro, fanlararo ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlashdir.

Bugungi kunda institut a’zo-davlatlar ro‘yhatidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Koreya Respublikasi, Xitoy, Pokiston, Ozarbaijon, Eron va Turkiya o‘rin olgan. Shuningdek, ilmiy konferensiya va boshqa uchrashuvlar davomida Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlaridan olimlar doimiy ravishda qatnashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi taklifi asosida hamda YUNESKO hamkorligida quyidagi muhim sanalar nishonlandi:

1994-yil - Mirzo Ulug‘bek tavvaludi 600 yilligi;

1996-yil - Amir Temur tavvaludi 660 yilligi;

1997-yil - Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi;

1998-yil - Imom Buxoriyning 1225 yilligi va Ahmad Farg‘oniyning 1200 yilligi;

1999-yil - “Alpomish” eposining 1000 yilligi;

2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545 yilligi;

2001-yil - “Avesto” ning 2700 yilligi;

2002-yil - Tezmiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi;

2003-yil - Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;

2005-yil - Qarshi shahrining 2700 yilligi va Mamun akademiyasining 1000 yilligi;

2007-yil - Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi;

2009-yil - Toshkent shahrining 2200 yilligi;

Ta’lim sohasida YUNESKO bilan hamkorlik Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbiq etilishiga qaratilgan. 46 ta’lim idoralari YUNESKONING maktablari, O‘zbekiston Universitetlarida 8 YUNESKO kafedralari tashkil etilgan.

O‘zbekiston olimlari har yili ushbu tashkilotning bir qator ilmiy grantlarini q’olga kiritmoqda. Chotqol qo‘riqxonasi (Toshkent viloyati) YUNESKOning qo‘riqxonalari ro‘yxatidan o‘rin egallagan. Dengizko‘l (Buxoro viloyati) va Aydar-Arnasoy tizimi ko‘llari noyob suv erlari xalqaro ro'yxatdan joy olgan.

Madaniyat sohasida tashkilot bilan hamkorlik O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy merosini, ma’daniyatini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan. Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va Xiva kabi tarixiy-ma’daniy obyektlar YUNESKOning Jahon merosi ro‘yhatidan o‘rin olgan. Boysun ma’daniyati, Shoshmaqom, Katta ashula va Navro‘z esa YUNESKOning Nomoddiy butunjahon merosi ro‘yhatidan joy egallagan. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur’oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida to‘plangan qo‘lyozmalar “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan. YUNESKO qaroriga muvofiq, 2001-yilda Buxoro “Tinchlik shahri” deb e’lon qilindi.

2001-yilda bosh direktorning qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasidagi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun tashkilotning “Dunyo bizning qo‘limizda” nomli so‘vrini bilan taqdirlandi. Bugungi kunda YUNESKOning 195 a’zo-davlatlari ichida faqatgina O‘zbekiston Respublikasidagi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bu so‘vrin bilan taqdirlangan.

2013-yil avgust oyida YUNESKO Bosh direktori Irina Bokova O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashkilotning rahbari tashrifi mobaynida Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” IX Xalqaro musiqa festivalida faol ishtirik etdi.

2014-yil 15-16-may Samarqand shahrida “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada YUNESKOning vakili sifatida bosh director o‘rinbosari Hubert Heyzen ishtirok etdi.

Marta o`qilgan: 30317