×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:56:44 (GMT +5), dushanba, 25 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hukumatlararo tashkilot hisoblanib, uning bosh qarorgohi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan.

1883-1886-yillar davomida Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konventsiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi qabul qilingandan so‘ng Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga asos solindi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 1974-yildan buyon BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasa hisoblanadi. Ushbu tashkilotga bugungi kunda dunyoning 79 mamlakati a‘zodir.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti a‘zo-davlatlarning milliy patent tizimini rivojlantirishda metodik va texnik yordam ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (IMA) mutaxassislarining bu boradagi salohiyatini oshirishda, turli seminarlarni tashkillashtirish va olib borishda IMA ga texnik yordan ko‘rsatishga ko‘maklashib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikning asosiy maqsadlari bu - sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida milliy qonunchilik hamda mazkur yo‘nalishdagi normativ-huquqiy normalarni mukammallashtirish, shu sohadagi bir qator shartnoma va kelishuvlarga qo‘shilish hamda O‘zbekiston Respublikasi IMAlari va BIMT bilan yuridik va texnik aloqalarni doimiy ravishda olib borishdan iboratdir.

Toshkent shahrida BIMT hamkorligida intelektual huquq va an’anaviy bilim himoyasi masalalari bo‘yicha turli xalqaro seminar va konferensiyalar olib borilmoqda.

Intelektual mulk masalalari bo‘yicha habardorlikni oshirishdagi hamkorlik ham rivojlanmoqda. Respublikamiz vakillari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etib, o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib kelmoqdalar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi vakillari Butunjahon intellektual mulk tashkilotining quyidagi tadbirlarida faol ishtirok etadilar:

- Jahon intellektual mulk tashkilotining Tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi yig‘ilishlari;

- Tashkilotning intellektual mulk, genetik resurslar, an’anaviy bilimlar va folklor bo‘yicha davlatlararo qo‘mitasining sessiyalari;

- .BIMT assambleyasi yig‘ilishlarida

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib bormoqda, deb hisoblash mumkin. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi BIMT bilan o‘zaro hamkorlik doirasi aniqlovchi kelishuvga ega.

Marta o`qilgan: 12025