×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:01:41 (GMT +5), seshanba, 25 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ixtisoslashgan muassasa hisoblanib, 1948-yil 7-aprelda tashkil topgan. (Ushbu sana jahon sog‘lig‘i kuni sifatida nishonlanadi).

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining asosiy maqsadi - barcha insonlarning maksimal darajada sog‘ligini ta’minlash, davlatlarga har tomonlama texnik yordam ko‘rsatish va bu borada eng yangi ma’lumotlarni yetkazib berish hamda har bir mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda ko‘maklashishdan iboratdir.

JSST sog‘lomlik holatini kasalliklarning yo‘qligida emas, insonning to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy saodati sifatida ko‘radi. Yani JSST nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi bilan ish olib boradi, balki sog‘liqqa ta’sir etuvchi bir qator boshqa sohalar bilan hamkorlikni olib boradi.

JSSTga 193 davlat a’zodir. Tashkilotning asosiy organi Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasi (BSSA) hisoblanib, uning asosiy vazifasi JSSTning dasturi hamda byudjetini kelayotgan ikki yilga tasdiqlash va shu bilan bog‘liq masalalar yechimini topishdan iboratdir.

Kundalik ishlar bosh direktor rahbarligidagi Kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.

JSST ning ijro etuvchi qo‘mitasi sog‘liqni saqlash sohasida malakli 34 a’zodan iborat. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Jahon sog‘liqni saqlash asambleyasining qarorlarni hayotga tadbiq etish, konsultativ yordam ko‘rsatish hamda assambleyaning ishlariga ko‘maklashishdan iborat.

JSST ning bosh direktori 5 yilga ikki marttadan ortiq bo‘lmagan muddatga saylanadi.

2017 yilning iyul oyidan boshlab, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Teedros Adhan Gebreyes.

1992-yil 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi JSSTga a’zo bo‘ldi. 1993 yilda respublikada JSSTning aloqalarni muvofiqlashtiruvchi Byurosi tashkil topdi.

O‘zbekiston Respublikasi va JSST o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida ikki yil muddatga tuziladigan bitim asosida amalga oshiriladi.

JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 2015-yil 14-17-sentabr Vilnyus shahrida o‘tkazilgan 65-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida 2016-2017-yillar uchun hamkorkik bitimi tuzildi. Mazkur bitim doirasidagi JSSTning O‘zbekiston uchun ajratadigan mablag‘i 3 mln. dollarni tashkil etadi.

Ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens (Niderlandiya) hisoblanadi.

JSSTning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizda quyidagi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda:

- infektsion kasalliklarga qarshi kurashish (OITS, sil, poliomiyelit, bezgak, qizamiq va boshqalar);

- onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi dasturlar (immunizatsiya dasturlarini kengaytirish, o‘tkir respirator virusli infektsiyalarga qarshi kurashish);

- favqulotda holatlarga tayyorgarlikni oshirish va ularning ta’sirini kamaytirish dasturlari (Afg‘onistonga chegaradosh hududlarda)

- atrof-muhit va salomatlikni ta’minlash dasturlari (oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, xalqaro sanitar qoidalar va b.);

- tamaki, alkogol mahsulotlariga qarshi kurashish, narkotik moddalarga qaramlikni oldini olish dasturlari;

- dori-darmon va farmatsevtika;

- “barcha uchun salomatlik” dasturlari va boshqalar.

Marta o`qilgan: 21332