×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:56:36 (GMT +5), shanba, 22 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekistonning Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorligi

Osiyo taraqqiyot banki – Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi rivojlanish loyihalarini uzoq muddatli kreditlash bo‘yicha yirik mamlakatlararo moliya institutlaridan biridir. Bank 1965-yilda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Manilada (Filippin) joylashgan.

OTBning asosiy maqsadi – Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko‘maklashishdir.

OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. 2013-yil yanvardan Bank prezidenti T.Nakao (Yaponiya) hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi 1995-yil avgust oyida OTBning a’zosi bo‘lgan. 1997-yilda Toshkentda OTB vakolatxonasi ochildi. Vakolatxona rahbari – T.Konishi.

Respublika OTBning mintaqaviy a’zolari orasida 15-eng yirik aksioner va 14-eng yirik benefetsiar deb sanaladi.

O‘zbekistonda OTB bilan birgalikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar 4 asosiy tarmoqlarni o‘zida birlashtirgan : qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, transport va bojxona tranziti sohasida mintaqaviy hamkorlik, bolalar himoyasi va boshlang‘ich ta’limni egallashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.

2010-yilning 1-4-may kunlari Toshkent shahrida OTB Boshqaruvchilar kengashining 43-majlisi o‘tkazildi, unda 2,3 ming kishi atrofida ishtirok etib, ularning 1,3 mingdan ortig‘i xorijiy vakillar bo‘ldi.

Ushbu tadbir OTB ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida o‘tkazgan birinchi yig‘ilishi bo‘ldi.

2012-yil sentabrda, OTB O‘zbekiston Respublikasi bilan 2012-2016-yillarga mo‘ljallangan mamlakat bilan hamkorlik strategiyasini (MHS) qabul qildi. Yuqoridagi strategiya O‘zbekistonda infratuzilma rivoji va sanoatni modernizatsiya qilish maqsadlariga erishish uchun qaratilgan 2013-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining farovonligini oshirish strategiyasi bilan muvofiqlashtirildi. MHSda asosiy e’tibor shahar infratuzilmasi va uy-joy xizmatlari, kommunikatsiya, energetika, suv tarmoqlari va transport rivojini qo‘llab-quvvatlashga va moliyaviy xizmatlar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.

O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yangi yo‘nalishi muqobil energiya manbalarini rivojlantirish hisoblanadi. 2013-yil 20-23-noyabrda Toshkent shahrida OTB bilan birgalikda Osiyo quyosh energiyasi forumining 6-yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar.

2014-yilda OTB O‘zbekistonda energiyaga nisbatan o‘sib borayotgan talabni qondirish, samarali energiya quvvatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300 mln. AQSh dollar miqdorida zaym ajratdi. Osiyo taraqqiyot fondi va boshqa maxsus fondlar, oddiy kapital resurslaridan moliyalashtiriladigan O‘zbekistondagi grant loyihalari va zayomlar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘larning umumiy yig‘indisi 2,01 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.

O‘tgan muddat ichida, OTB xususiy sektorga 225 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikkita zayom va texnik ko‘mak grantlari ko‘rinishidagi 61,7 mln. AQSh dollarini o‘z ichiga olgan umumiy miqdori 4,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan 54 zayomni ajratdi.

Marta o`qilgan: 22493