O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekistonning NATO bilan YeAHK/TYH doirasida hamkorligi

O‘zbekistonning NATO bilan aloqalari 1991- yil 21- dekabrda o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Islom Karimov NATO/YeAHKning Washingtonda (1999-yil), Pragada (2002-yil) va Buxarestda (2008-yil) bo‘lib o‘gan sammitlarida ishtirok etgan.

Mamlakatimiz bilan NATO o‘rtasidagi hamkorlik rivojida O‘zbekiston Presidenti Islom Karimovning 2011-yil 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Bryusselga tashrifi va uning doirasida NATO Bosh kotibi A.Rasmussen bilan uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri rahbarligidagi delegatsiya NATOning 2012 may oyida Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitida ishtirok etdi.

NATO bosh kotibining Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili J.Appaturay 2013-yil mart va 2014-yil may oylarida mamlakatimizga tashrif buyurdi.

2013-yil avgust oyida Toshkentda NATOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va hamkorlik boyicha xodimi Byurosi hamda 2014-yil may oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti huzurida NATOning Depozitar kutubxonasi ochilishi O‘zbekiston bilan Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy ahamiyat kasb etdi.

1994-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida ishtirok etmoqda. 1996 - yildan boshlab esa hamkorlik har yil ishlab chiqariladigan Sheriklik va hamkorlik bo‘yicha individual dasturlar doirasida amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekistonda Qurolli Kuchlarning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Tayyorlov markazi faoliyat yuritib, uni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash o‘zaro aloqalarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

1993-yildan buyon O‘zbekiston NATOnin ilmiy anjuman va loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda Ittifoq bilan hamkorlikda 4 ta ilmiy loyiha amalgam oshirilmoqda.

Marta o`qilgan: 27690