×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:22:00 (GMT +5), payshanba, 21 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan millatlar tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligi

O‘zbekiston 2011-yil 2-oktabrda FAO a’zosi bo‘ldi.

Institutsional hamkorlik FAO bilan o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mas’ul organ - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkilot vakillari texnik loyihalarni amalga oshirish doirasida bir necha marta O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurganlar.

FAO bilan munosabatlarni rivojlantirish masalalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuklatilgan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakillari FAO tomonidan qishloq xo‘jaligidagi hosildorlikni oshirish, turli transchegaraviy hayvon kasalliklarini tarqalishiga to‘sqinlik qilish, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha salohiyatni oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etishmoqda.

FAOning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan texnik ko‘magi quyidagilardan iborat:

- sabzovot urug’larini ishlab chiqarish dasturini rivojlantirish;

- o‘rmon xo‘jaligining yog‘och bo‘lmagan mahsulotlar sektorini qo‘llab-quvvatlash milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- kam suv sarflaydigan texnologiyalarni Podshoota daryosining sayoz joylariga joriy qilish;

- baliq ovlash va yem-xashak tayyorlash jarayonini tashkillashtirishga ko‘mak ko‘rsatish;

- qishloq xo‘jaligi innovatsion tizimlarini tahlil qilish va takomillashtirish salohiyatini rivojlantirish;

- sug’oriladigan maydonlarda kam resurs sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish;

- baliqchilik va suv xo‘jaligi madaniyatlarini rivojlantirish;

- pestitsidlarni nazorat qilish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish;

- chigirtkalar bosqiniga qarshi kurashish;

- yuqori-patogen qush gripini nazorat qilish va uni yo‘q qilish;

- transchegaraviy hayvon kasalliklarini nazorat qilish.

FAO bilan hamkorlik doirasida O‘zbekistonda 1,5 million AQSH dollari miqdorida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston tashkilotning mintaqaviy loyihalari bilan ishlashda faol ishtirok etmoqda (ularning umumiy summasi taxminan 6,9 million AQSh dollarini tashkil etadi).

2014-yilning 4-6-iyun kunlari FAO Bosh direktori Joze Gratsiano da Silva O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Toshkent shahrida Tashkilotning vakolatxonasi ochilishi haqida Shartnoma imzolandi.

2014-yil 28-avgustda FAOning «O‘zbekiston uchun FAO Doiraviy hamkorlik dasturi» imzolandi.

2015-yil 15-19-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ya.Hidirov boshchiligidagi respublika delegatsiyasi Anqaradagi Markaziy Osiyo bo‘yicha FAOning submintaqaviy idorasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida bir qator loyihaviy shartnomalar imzolandi.

2015-yil 4-8-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vaziri Sh.Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Rim shahrida FAOning 39-majlisida ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi FAO Bosh direktori lavozimiga J.G.da Silva nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Marta o`qilgan: 14665