O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Madaniy-gumanitar sohadagi xalqaro hamkorlik

Boy tarixiy, madaniy va manaviy merosga ega bo’lgan O’zbekistonda horijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta etibor beriladi. Mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik madaniyat, sanat, talim, ilm-fan, turizm, tibbiyot, sport va boshqa yo’nalishlarni qamrab oladi.

Tegishli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida ikki tomonlama madaniy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik dasturlari tuzilib, amalga oshirilmoqda. O’zbekiston vakillari madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro ko’rgazmalar, festivallar, tanlovlar, anjuman va forumlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

O’zbekistonda “Sharq taronalari” musiqa festivali, “Asrlar sadosi” ananaviy madaniyat festivali, Toshkent zamonaviy sanat biennalisi, Toshkent xalqaro fotobiennalisi, “Theatre.UZ” teatr festivali, “Oltin gepard” Toshkent xalqaro kinoforumi kabi xalqaro madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Horijiy jamoatchilikni O’zbekistonning boy tarixi, madaniyati, qadriyat va ananalari bilan tanishtirish maqsadida chet ellarda O’zbekiston madaniyati kunlari va haftaliklari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.

O’zbekiston jozibador turistik yo’nalish bo’lib, ko’plab horijiy sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Respublika xududida turli davr va civilizatsiyalarga oid 4000 dan ziyod memorlik va sanat obidalari mavjud. Ularning bir qatori UNESCOning butunjahon madaniy merosi ro’yhatiga kiritilgan.

“Uzbekturizm” milliy kompaniyasi malumotiga ko’ra, 2011 yil davomida O’zbekistonga 1 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan bo’lib, ulardan qariyb 431,5 mingini horijlik sayyohlar tashkil etadi.

Mazkur tarmoqni salmoqli o’sish salohiyatini inobatga olgan holda, xalqaro hamkorlik doirasida turizmni rivojlantirishda mavjud ilg’or horijiy tajribani o’rganish va tadbiq etishga alohida etibor qaratilmoqda. Turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish va turistik obyektlardagi xizmat ko’rsatish darajasini ko’tarish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Turistik salohiyatni yuksaltirish va mamlakatga tashrif buyuruvchi horijiy sayyohlar sonini oshirish maqsadida “Uzbekturizm” Milliy kompaniyasi TIV va chet ellardagi vakolatxonalar bilan hamkorlikda horijiy turistik idoralar, turoperatorlar va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Uzbekistonga maxsus tanishuv safarlarini (mega-info-tourlarni) amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha 2011-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib, uning doirasida yilning mart, iyun, avgust va noyabr oylarida horijiy turoperatorlar va OAV vakillari O’zbekistondagi diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar va viloyatlardagi mavjud turistik salohiyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga egalar.

O’zbekistonda sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublika sportchilarining xalqaro olimpiyadalar, turnirlar va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yil sari O’zbekiston sportchilari tarkibi kengayib bormoqda, ular xalqaro maydonda tobora yuqori va mustahkam o’rinlarni egallashga muyassar bo’lmoqdalar. Mustaqillik yillarida O’zbekiston vakillari Olimpiya o’yinlari, Osiyo chempiyonati va kuboklari, Osiyo o’yinlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda yuzlab sovrinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

Hozirda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha O’zbekiston milliy federatsiyalari xalqaro federatsiyalar tarkibiga kiradi va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega.

O’zbek milliy sporti – Kurashni horijda rivojlantirish va ommalashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Xalqaro kurash uyushmasi tomonidan mazkur sport turini Olimpiya o’yinlari rasmiy musobaqalar dasturiga kiritish bo’yicha maqsadli ish olib borilmoqda.

Hozirda Evropa, Osiyo, Afrika, Okeaniya va Amerikaning 117 mamlakatida milliy kurash federatsiyalari faoliyat yuritib kelmoqda.

15 ta kurash bo’yicha jahon chempiyonati hamda 300 dan ortiq xalqaro musobaqalar turli mamlakatlarda o’tkazildi. Kurash Osiyo va Afrika o’yinlari rasmiy etirofiga sazovor bo’ldi.

Ommabop sport turi – futbol ham O’zbekistonda jadal ravishda rivojlanib bormoqda. 2011 yil yanvarda Qatar poytaxti Doxada bo’lib o’tgan Osiyo Kubogi uchun musobaqalarda futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi faxrli 4 o’rinni egallashga muyassar bo’ldi.

Marta o`qilgan: 13051