×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:20:47 (GMT +5), payshanba, 21 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi

O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O‘zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida yaratilgan.

Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida muntazam ravishda turli darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida O‘zbekistonga Britaniyaning 50 dan ziyod delegatsiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi maslahatlashuvlar hamda Afg‘oniston bo‘yicha muloqotni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov rahbarligidagi delegasiyaning 2013-yil 20-22-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi davlatlararo aloqalarni faollashtirishdagi muhim voqea bo‘ldi.

Parlamentlararo hamkorlik o‘zaro aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlaridan sanaladi. Ikki davlat parlamentlarida o’zaro hamkorlik bo’yich guruhlar mavjud bo’lib, 2010-yil 22-sentabrda imzolangan Oliy Majlis guruhi bilan “Britaniya-O‘zbekiston” Umumpartiya parlament guruhi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi ular faoliyatining huquqiy asosini yaratib bergan.

Ơzbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo‘lib, uning 23-majlisi Toshkentda

2016-yil 16-18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

2016-yilning oktabrida, 2017-yilning yanvar-dekabr oylarida Oliy Majlis Senati raisining Birinchi o’rinbosari S.Safoyev London shahriga tashrif buyurdi. Tashriflar doirasida, jumladan rivojlanishga va respublikaning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan brifinglar, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, TIV, Buyuk-Britaniya Parlamenti va Britaniyanig bir qator yirik kompaniyalari hamda ilmiy doiralari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

2017-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 115,9 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 33,5 million AQSh dollari, import 82,4 million dollarga teng bo‘ldi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta’lim sohasida. Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritib kelmoqda, Kembridj universiteti bilan hamkorlikda esa poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.

Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an’anaviy keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy tashriflari (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 13 ta doirasi o‘tkazilgan. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo‘nalishida hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-german savdo aylanmasi hajmi 613,2 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9 million yevrodan oshgan.

O‘zbekistonda nemis madaniyati va tilini o‘rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis tili respublikada eng ko‘p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta’lim sohasida Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog kadrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va Bremen, Buxoro va Bonn shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonning Yevropadagi va umuman xalqaro miqyosdagi istiqbolli hamda umidli sheriklaridan biri hisoblangan Ispaniya bilan munosabatlari jadal rivojlanmoqda. 2003-yil yanvar va 2009-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashriflari bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio taklifiga ko‘ra, 2013-yilning 4-7-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi. Ispaniyaning Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio 2014-yil 20-22-aprelda O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2017-yil 12-15 noyabrda Ispaniyaga O’R Tashqi ishlar vazirinig javob tashrifi o’tkazildi.

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida ispan tili fakulteti faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetning Madrid, Granada, Alkala de Enares va Malagi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda.

O‘zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo‘lgan rasmiy tashriflari o‘zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O‘zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida doimiy muloqot olib borilmoqda. 2015-yil noyabr oyida Toshkentda Tashqi ishlar vazirlari darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi doirasi bo‘lib o‘tdi.

2011-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida “O‘zbekiston-Italiya” parlamentlararo hamkorlik guruhi, Italiya parlamentining Deputatlar palatasida esa “Italiya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.

2012-yil iyun oyida O‘zbekisotn Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Italiya parlamentining Deputatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2009-yildan boshlab Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyat yuritib kelmoqda.

2013-yil yanvar oyida Samarqand shahri hokimiyati va Florensiya provinsiyasi ma’muriyati o‘trasida Do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo‘lib o‘tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo‘lib o‘tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o‘tkazilgan.

Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda Fransiya Tashqi ishlar vazirlari L.Fabiusning 2013-yil mart oyida va J.-M.Eroning 2017-yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashriflari hamda 2012-yil oktyabr, 2014-yil noyabr va 2017-yil mart oylarida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Fransiyaga tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikki davlat Tashi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 10 ta siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tgan. Oxirgisi 2017-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazildi.

2008-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzildi, 2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston – Fransiya» do‘stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.

Fransiya Senatida «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyasida «Fransiya – Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda.

2008-yil iyun oyida O‘zbekiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Fransiyaning inson huquqlari himoyachisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2017-yil yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 251,6 mln. AQSh doll. tashkil etdi.

Fransiyada Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o‘rganish Assosiasiyasi hamda «Avisenna – Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.

Turkiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o‘rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O‘zbekiston elchixonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).

2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.

Turkiya prezidentlari T.Ozal (1993y.), S.Demirel (1996y., 1996y., 1999y.), N.Sezer (2000y.) R.Erdog‘an (2016y.), bosh vazirlari S.Demirel (1992y.), T.Chiller (1995y.), M.Yilmaz (1998y.) va R.Erdog‘an (2003y.) O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga Turkiya Tashqi ishlar vazirlari X.Chetin (1994y.), I.Jem (2000-2001yy.), A.Davutoglu (2014y.), M.Chavushog‘lu (2017 va 2018yy.), Turkiyaga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2003y.) tashrif buyurgan. 2014 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov Anqara shahrida o‘tkazilgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 9 ta raundi o‘tkazilgan (oxirgisi 2018 yil 20 martda Anqara shahrida).

2017 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi tuzildi. Uning rahbari Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev hisoblanadi.

Turkiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinda).2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Marta o`qilgan: 37649