×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:35:59 (GMT +5), payshanba, 18 - aprel 2019
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining O‘rta, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bilan hamkorligi

O‘ZBEKISTON – BANGLADESH MUNOSABATLARI

Bangladesh Xalq Respublikasi 1991-yilning 30 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan oldi. 1992-yilning 15-oktabrida Toshkent shahrida tomonlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida protocol imzolandi.

Bangladeshning O‘zbekistondagi elchihonasi 1996-yil mart oyida ochildi.

1998-yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Bangladeshga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. 2000-yilning iyulida Bangladeshning sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdus Samad Azad O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2018-yil 8-12-aprelda Bangladesh Davlat tashqi ishlar vaziri Shaxriyar Alam O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2018-yilda O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 53,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Bugungi kunda respublikada Bangladesh kapitali ishtirokida 6ta korxona faoliyat yuritmoqda, ularning bittasi – 100% xorijiy kapital asosida.

2012-yil 5-7-mayda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2014-yil 24-25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.G‘aniev boshchiligidagi delegatsiyaning Dakkaga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi shu tashrif doirasida o‘tkazildi.

2018-yil 23-28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyaning Bangladeshga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif chog'ida Bangladeshning to'qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ilg'or tajribasi o'rganildi.

O‘ZBEKISTON-BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI MUNOSABATLARI

O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning 25-oktabrda o‘rnatilgan.

1992-yilning noyabr oyida O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 2007-yildan boshlab Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-yilning iyunida Toshkentda Amirliklar hukumatining Bosh konsulxonasi ochildi. 2010-yilda BAAning Toshkentdagi Bosh konsulxonasiga elchixona maqomi berildi.

2008-yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida hozirgi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiruvchi 28 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

2018-yil 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi o‘tkazildi.

Ikkitomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirasida imzolangan 20 ta extratsiya, jinoit ishlarda yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikkitomonlama daromad solig‘idan qichish, fan va nexnika va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi hujjat tashkil etadi.

2018-yilning 11 oyi davomida ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi $123,8 mln. dollarga yetdi. Bunda eksport - $52,2 mln. doll., import $71,6 mln. dollarni tashkil qildi.

Eksportning asosini paxta tolasi, xizmatlar, ipak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Import –mexanik va elektrik jihozlar, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari, kiyim-kechak va sport jihozlari.

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Amirliklar sarmoyalari ishtirokida 92 ta korxona tuzilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi 100% Amirliklar kapitali asosida tashkil qilingan.

2018-yilning yanvar va oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegasiyaning BAAga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Amirliklar muzokaralarida savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

BAA Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari I.al-Mahmud boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, 2018-yil 3-oktabrda Toshkentda O‘zbekiston-Amirliklar ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi.

O‘ZBEKISTON-ERON MUNOSABATLARI

Eron Islom Respublikasi 1991-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi.

1992-yil 10-mayda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

Eronning Toshkentdagi elchixonasi 1992-yil noyabr oyida va O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi 1995-yil may oyida ochilgan.

O‘tgan muddat davomida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning Eronga to‘rt bor tashrifi amalga oshirildi. (1992 va 2003-yillarda rasmiy, 1996 va 2004-yillarda EKO sammiti doirasida).

O‘z navbatida Eron prezidentlari A.Rafsanjoni (1993-yil oktabr) va S.Hotamiylarning (2002-yil aprel) O‘zbekistonga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tgan.

Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2017-yil sentabrda Ostonada o‘tkazilgan fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirining orinbosari darajasida muntazam ravishda O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o‘tkazildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini siyosiy, iqtisodiy madaniy sohalarda imzolangan 55 ta hujjat tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etilgan. 2018-yilning aprel oyida Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron qo‘shma komissiyasining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018-yil natijalariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari $306,5 mln, shu jumladan O‘zbekison eksporti – $172,5 mln., import esa $133,9 mln. hajmida qayd etildi.

O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to‘liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda.

O‘zbekistonning Eronga eksporti paxta, paxta tolasi, qora va rangli metallar, mineral o‘g‘itlar,elektomexanik jihozlar, mevalar, quruq mevalar va plastmassa mahsulotlaridan iborat bo‘lmoqda.

2011-yilning 25-aprelida Ashxabodda tashqi ishlar vazirlarining to‘rt tomonlama yig‘ilishida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon temir yo‘l koridorini shakllantirish bo‘yicha hujjat imzolandi.

O‘ZBEKISTON-MISR ALOQALARI

Misr Arab Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan. 2017-yilda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi (1992-yil 23-yanvar).

Misrning Toshkentdagi elchixonasi 1993-yil may oyidan, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi esa 1994-yil dekabrdan Qohirada o‘z faoliyatlarini boshladilar.

Ikkitomonlama aloqalar rivojiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992-yil dekabr va 2007-yil aprel oylarida Misrga amalga oshirgan rasmiy tashriflari sezilarli turtki bo‘ldi.

2018-yil 4-5-sentabr kunlari Misr Prezidenti A.as-Sisining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida O‘zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama etilib, 12 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

O‘zbek-misr munosabatlari halqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasida olib borilmoqda.

Hozirda, ikki mamlakat shartnoma-huquq bazasini 62 ta davlatlar, hukumatlar va idoralararo hujjatlar tashkil etadi.

Hozirga qadar O‘zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining oltita yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Hamkorlikni rivojlantirish agentligi bilan yaqindan ishlab kelmoqda. 1993-yildan bugungi kunga qadar mazkur muassasa tomonidan tashkil etilgan diplomatik, sayyohlik, arab tilini o‘rganish va boshqa o‘quv kurslarida mingdan ziyod mamlakatimiz vakillari ishtirok etdilar.

Ijtimoyi-madaniy sohada ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 1997-yilda “O‘zbekiston-Misr”, 2000-yilda esa “Misr-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlariga asos solingan va hozirda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

2018-yilning 10-13-oktabr kunlari Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi shayxi Ahmad at-Tayyibning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi.

O‘ZBEKISTON-ISROIL MUNOSABATLARI

Isroil Davlati O‘zbekiston Respublakasi mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan oldi. 1992-yil 21-fevralda ikki tomonlama diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

1998-yil 14-16-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Isroilga davlat tashrifini amalga oshirdi.

1994-yil iyulda Isroil Tashqi ishlar vaziri Sh.Peres O‘zbekistonga tashrif buyurdi, 1997-yil aprelda esa O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Isroilga javob tashrifi amalga oshirildi.

Tomonlar muntazam ravishda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazib boradi. Hozirgi kunga qadar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4 ta davrasi o‘tkazilgan. Siyosiy maslahatlashuvlarning oxirgi to‘rtinchi davrasi 2016-yil 30-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining huquqiy bazasi 19 ta hujjatlardan iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar).

Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarida eng qulay rejim o‘rnatilgan. 2018-yil yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha umumiy savdo aylanmasi $51.4 mln. (eksport - $16.1 mln., import - $35.2 mln.) tashkil etdi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida Isroil sarmoyasi ishtirokida 37 korxonalar va shulardan 7 tasi 100% xorijiy sarmoyasi bilan mavjud. Ushbu korxonalar xorijiy kapital, turizm, ulgurji savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.

2018-yil 10-fevraldan Isroil fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimi qo‘llanishi munosabati bilan O‘zbekistonga ushbu davlatdan keladigan turistlar soni ikki baravariga oshdi va 10 mingdan ortiqni tashkil etdi.

O‘ZBEKISTON-KUVAYT MUNOSABATLARI

Kuvayt Davlati O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyul oyida o‘rnatilgan.

2001-yilda Kuvayt Davlati Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochdi. O‘zbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi elchixonasi 2004-yilning noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2004-yilning 19-20-yanvarida Kuvayt Davlatiga uyushtirgan rasmiy tashrifi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga turtki berdi va tashrif chog‘ida yaratilgan huquqiy baza ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga asos soldi.

2008-yilning iyul oyida Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al Jaber as-Sabah O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrif chog‘ida o‘zbek-kuvayt munosabatlarini mustahkamlashga, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.

2017-yil iyun oyida O'zbekistonda Kuvait Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi.

2018-yil 4-dekabr kuni al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi o‘tkazildi.

2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro maqom san'ati anjumanida Kuvayt madaniyat, san'at va adabiyot milliy kengashi Bosh kotibining o‘rinbosari Badr ad-Duveysh boshchiligidagi hay'at ishtirok etdi.

2018-yilning 25-26-oktabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsertlari hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘ZBEKISTON-POKISTON MUNOSABATLARI

Pokiston Islom Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 20 dekabrda tan oldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-mayda o‘rnatilgan. Pokistonning Toshkentdagi Elchixonasi 1992-yilning iyun oyida ochildi. O‘zbekistonning Islomoboddagi Elchixonasi 1994-yil iyul oyidan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.

1992-yil martidan 2001-yil oktabriga qadar Karachi shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi faoliyat yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Presidenti Islom Karimov Pokistonga 1992-yilning avgusti va 2006-yilning may oylarida tashrif buyurdi.

Hozirgi vaqtga qadar ushbu tashriflar bo‘lib o‘tdi; bosh vazir N.Sharif (1992-yil iyun), bosh vazir B.Bhutto (1995-yil may va noyabr), president F.Legari (1996-yil oktabr), president P.Musharraf (2005 yil mart), bosh vazir Sh.Aziz (2007-yil mart), bosh vazir Y.Giloniy (2011-yil mart), bosh vazir N.Sharif (2015-yil noyabr).

2010-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti A.Zardari Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida ishtirok etdi. 2016-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti M.Husayn Toshkentda o‘tkazilgan ShHT sammitida qatnashdi.

2017-yil 8-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri N.Sharif bilan uchrashdi.

2017-yil 17-sentabrda Ostonada o‘tkazilgan islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Prezidenti M.Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2018-yil iyun oyida ShHTning Sindao sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Pokiston Prezidenti M.Husaynning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini 42 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar tashkil etib, ular ekstradisiya, jinoiy ishlarda o‘zaro yordam, terrorizmga qarshi kurash, havo qatnovi, yuklarni transit tashish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ikkiyoqlama soliqqa tortishdan voz kechish, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va boshqa sohalarni qamrab oladi.

O‘zbekiston va Pokiston hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasi 1993-yilda tuzilgan bo‘lib, uning so‘nggi 5-yig’ilishi 2011-yil mart oyida Islomobadda bo‘lib o‘tgan.

Imzolangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdoda imtiyozlar berish joriy etilgan.

2018-yil yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo ko‘rsankichi 92,4 mln.ga etdi, eksport 28,7 mln., import 63,7 mln.

2017-yil 5 apreldan boshlab “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki parvoz qayta tiklandi.

O‘zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokida tuzilgan 81 korxona ishlab turibdi. Ularning 4 tasi 100 foiz Pokiston sarmoyasi asosida faoliyat yuritmoqda. 23 qo‘shma korxona 2018-yilda tashkil etilgan. Ular asosan savdo, to‘qimachilik, qog‘oz, charm, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va sayyohlik xizmatlari kabi sohalarda ishlaydi.

O‘ZBEKISTON-SAUDIYA ARABISTONI MUNOSABATLARI

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi. 1992-yil fevralda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

1992-yil noyabrda Jiddada O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi, 1995-yil mayda O‘zbekistonning Riyozdagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. 1997-yil martdan Toshkentda Saudiya Arabistonining elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2012-yil aprel oyida Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi (parlament) raisi Abdulla Ol ash-Sheyx boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2017-yil 21-may O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonida bo'lib, arab-musulmon va Qo'shma Shtatlar sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida O'zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.

2018-yil 27-mart Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining o'rinbosari A.Mirdad boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi hamkorlik" deb nomlangan Toshkent konferentsiyasida ishtirok etdi.

2018-yil 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi o‘tkazildi.

2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari asosida tegishli protokol hamda investisiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.

2018-yil 11-16-dekabr kunlari Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi rahbari Somi al-Ubaydiy boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 20-26-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.Akramov boshchiligidagi hay’at Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Salih Bintayn bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘ZBEKISTON-O‘MON MUNOSABATLARI

O‘mon Sultonligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil dekabrda tan olgan. 1992-yil 22-aprelda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

2009-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov davlat tashrifi bilan O‘mon Sultonligida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida 19 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

2010-yil aprel oyidan Toshkentda O‘mon Sultonligining elchixonasi faoliyat yurita boshladi. 2018-yil iyul oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Masqat shahridagi elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2014-yilning 6-avgustida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yolagini yararish bo‘yicha to‘rt tomonlama vazirlar uchrashuvida qatnashdi (Masqat, O‘mon). Uchrashuv doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘mon Tashqi ishlarga mas’ul vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.

2018-yil 15-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Ummon meros va madaniyat vaziri Haisam ibn Tariq al-Said Ummon tomonining moliyaviy yordami bilan qurilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Marta o`qilgan: 61308