×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:46:15 (GMT +5), seshanba, 13 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining O‘rta, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bilan hamkorligi

O‘ZBEKISTON-ERON MUNOSABATLARI

Eron Islom Respublikasi 1991-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi.

1992-yil 10-mayda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

Eronning Toshkentdagi elchixonasi 1992-yil noyabr oyida va O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi 1995-yil may oyida ochilgan.

O‘tgan muddat davomida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning Eronga to‘rt bor tashrifi amalga oshirildi. (1992 va 2003 yillarda rasmiy, 1996 va 2004 yillarda EKO sammiti doirasida).

O‘z navbatida Eron prezidentlari A.Rafsanjoni ( 1993 yil oktabr) va S.Hotamiylarning (2002 yil aprel) O‘zbekistonga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tgan.

Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2017 yil sentabrda Ostonada o‘tkazilgan fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirining orinbosari darajasida muntazam ravishda o‘zbek-eron siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5 - davrasi 2017 yilning 13-martida Toshkentda o‘tkazildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini siyosiy, iqtisodiy madaniy sohalarda imzolangan 55 ta hujjat tashkil etadi.

Iqtisodiy sohada:

O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etilgan. 2018-yilning aprel oyida Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron qo‘shma komissiyasining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2017-yil natijalariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari $325,1 mln, shu jumladan O‘zbekison eksporti – $267,0 mln., import esa $58,1 mln. hajmida qayd etildi.

O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to‘liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda.

O‘zbekistonning Eronga eksporti paxta, paxta tolasi, qora va rangli metallar, mineral o‘g‘itlar,elektomexanik jihozlar, mevalar, quruq mevalar va plastmassa mahsulotlaridan iborat bo‘lmoqda.

2011-yilning 25-aprelida Ashxabodda tashqi ishlar vazirlarining to‘rt tomonlama yig‘ilishida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon temir yo‘l koridorini shakllantirish bo‘yicha hujjat imzolandi.

O‘ZBYeKISTON-BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI MUNOSABATLARI


O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yilning 25-oktyabrda o‘rnatilgan.

1992 yilning noyabr oyida O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 2007 yildan boshlab Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

2004 yilning iyunida Toshkentda Amirliklar hukumatining Bosh konsulxonasi ochildi. 2010 yilda BAAning Toshkentdagi Bosh konsulxonasiga elchixona maqomi berildi.

2008 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida hozirgi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiruvchi 28 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

Shartnomaviy-huquqiy asos

Ikkitomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirasida imzolangan 20 ta extratsiya, jinoit ishlarda yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikkitomonlama daromad solig‘idan qichish, fan va nexnika va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi hujjat tashkil etadi.

Savdo va iqtisodiy hamkorlik

Eksportning asosini paxta tolasi, xizmatlar, ipak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Import –mexanik va elektrik jihozlar, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari, kiyim-kechak va sport jihozlari.

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Amirliklar sarmoyalari ishtirokida 92 ta korxona tuzilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi 100% Amirliklar kapitali asosida tashkil qilingan.

O‘ZBEKISTON-ISROIL MUNOSABATLARI

Isroil Davlati O‘zbekiston Respublakasi mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan oldi. 1992-yil 21-fevralda ikki tomonlama diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

1998-yil 14-16-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Isroilga davlat tashrifini amalga oshirdi.

1994-yil iyulda Isroil Tashqi ishlar vaziri Sh.Peres O‘zbekistonga tashrif buyurdi, 1997-yil aprelda esa O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Isroilga javob tashrifi amalga oshirildi.

Tomonlar muntazam ravishda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazib boradi. Hozirgi kunga qadar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4 ta davrasi o‘tkazilgan. Siyosiy maslahatlashuvlarning oxirgi to‘rtinchi davrasi 2016-yil 30-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining huquqiy bazasi 19 ta hujjatlardan iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar).

Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarida eng qulay rejim o‘rnatilgan. 2017-yilda umumiy savdo aylanmasi 44.1 mln. (eksport-$15.2.,import-$28.9 mln.) tashkil etdi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida Isroil sarmoyasi ishtirokida 37 korxonalar va shulardan 7 tasi 100% xorijiy sarmoyasi bilan mavjud. Ushbu korxonalar xorijiy kapital, turizm, ulgurji savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘ZBEKISTON-POKISTON MUNOSABATLARI

Pokiston Islom Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 20-dekabrda tan oldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-mayda o‘rnatildi.

Pokistonning Toshkentdagi Elchixonasi 1992-yil iyun oyida ochilgan. O‘zbekistonning Islomobaddagi Elchixonasi 1994-yil iyuldan ish boshladi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Pokistonga ikki marta (1992-yil avgust, 2006-yil aprel) tashrif buyurdi.

Pokiston tomonidan quyidagi tashriflar bo‘lib o‘tdi: bosh vazir N.Sharif (1992-yil iyun, 2015-yil noyabr), bosh vazir B.Bhutto (1995-yil may va noyabr), prezident F.Legari (1996-yil oktyabr), prezident P.Musharraf (2005-yil mart), bosh vazir Sh.Aziz (2007-yil mart), bosh vazir Y.Giloniy (2011-yil mart).

2010-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti A.Zardari ShHT sammitida qatnashish uchun Toshkentga keldi. Tadbir mobaynida davlatimiz rahbari hamda A.Zardari o‘rtasida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 2016-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti M.Husayn ShHT 15-sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va M.Husayn o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

2017 yil 8 iyun kuni Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) Ostona sharida bo‘lib otgan sammiti doirasida O‘zbekiston Republikasi President Sh.M.Mirziyoyev va Pokistan Islom Respublikasi Bosh vaziti N.Sharif o‘rtasida ucharashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra kelishuvlarni o‘z vaqtida va keng miqyosda amalga oshirish bo‘ycha “Yo‘l haritasi” qabul qilindi.

IHT fan va texnologiyalar bo‘yicha 2017 yil 17 sentyabrda Ostonada o‘tgan Birinchi sammiti doirasida Prezident Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Prezident M.Husayn bilan ucharashuv o‘tkazdi.

2018 yil 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida Pokiston tashqi ishlar vaziri boshchilligidagi delegasiya qatnashdi. Pokiston TIV rahbarini Prezident Sh.M.Mirziyoyev qabul qildi.

Shartnomaviy-huquqiy asos

Ikkitomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirasida imzolangan 42 ta extraditsiya, jinoit ishlarda yordam, terrorizmga qarshi kurash, havo qatnovi, yuklarni transit tashish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ikkitomonlama daromad solig‘idan qichish, giyohvand va psixiprot moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi hujjat tashkil etadi.

Savdo va iqtisodiy hamkorlik

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyat olib boradi. Komissiyaning so‘nggi 5-majlisi 2011-yil 17-martda Islomobodda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan delegatsiyaga qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Ro‘ziyev, Pokiston tomonidan esa suv resurslari va energetika vaziri N.Kamar boshchilik qildilar.

2017-yilda ikkitomonlama tovarayirboshlash hajmi 36,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunda eksport 9,9 mln., import 26,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Eksportning asosiy ko‘rsatkichlari: dukkaklilar va quruq mevalar (37,5%), transport va turizm xizmatlari (25,8%), hom teri (14,1%), qurilish materiallari (8%), ip va paxta tolasi (3,3%). Import dori vositalari va tibbiyot uskunalari (47,4%), urug‘lik kartofel (25,4%), meva (mango, 11%), kimyoviy mahsulotlar (3,7%) va turizm xizmatlari (6,7%).

O‘zbekistonda Pokiston sarmoyasi asosida 59 ta korxona faoliyat olib boradi.

O‘ZBEKISTON-KUVAYT MUNOSABATLARI

Kuvayt Davlati O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyul oyida o‘rnatilgan.

2001-yilda Kuvayt Davlati Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochdi. O‘zbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi elchixonasi 2004-yilning noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2004-yilning 19-20-yanvarida Kuvayt Davlatiga uyushtirgan rasmiy tashrifi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga turtki berdi va tashrif chog‘ida yaratilgan huquqiy baza ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga asos soldi.

2008-yilning iyul oyida Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al Jaber as-Sabah O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrif chog‘ida o‘zbek-kuvayt munosabatlarini mustahkamlashga, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.

2017 yil iyun oyida O'zbekistonda Kuvait Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi.

O‘ZBEKISTON-O‘MON MUNOSABATLARI

O‘mon Sultonligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil dekabrda tan olgan. 1992-yil 22-aprelda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

2009-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov davlat tashrifi bilan O‘mon Sultonligida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida 19 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

2010-yil aprel oyidan Toshkentda O‘mon Sultonligining elchixonasi faoliyat yurita boshladi.

2014-yilning 6-avgustida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston hay’ati O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yolagini yararish bo‘yicha to‘rt tomonlama vazirlar uchrashuvida qatnashdi (Masqat, O‘mon). Uchrashuv doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘mon Tashqi ishlarga mas’ul vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.

2018 yil 15 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Ummon meros va madaniyat vaziri Haisam ibn Tariq al-Said Ummon tomonining moliyaviy yordami bilan qurilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘ZBEKISTON-SAUDIYA ARABISTONI MUNOSABATLARI

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi. 1992-yil fevralda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

1992-yil noyabrda Jiddada O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi, 1995-yil mayda O‘zbekistonning Riyozdagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. 1997-yil martdan Toshkentda Saudiya Arabistonining elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2012-yil aprel oyida Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi (parlament) raisi Abdulla Ol ash-Sheyx boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2017-yil 21-may O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonida bo'lib, arab-musulmon va Qo'shma Shtatlar sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida O'zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.

2018-yil 27-mart Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining o'rinbosari A.Mirdad boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi hamkorlik" deb nomlangan Toshkent konferentsiyasida ishtirok etdi.

Savdo-iqtisodiy sohada

2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari asosida tegishli protokol hamda investisiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.

2017 yil 18-25 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi O. Yusupov boshchiligidagi haya’t Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Saudiya Arabistoni Podshoxligi Haj va Umra ishlari Vaziri Salih Bintayn bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida, Haj safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini 5200 dan 7200 ga oshirish buyicha bitim imzolandi.

O`ZBEKISTON-HINDISTON MUNOSABATLARI

Hindiston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchilar qatorida 1991 yil 26 dekabrda tan oldi. Ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 18 martda o'rnatilgan.

2006 yil 25-26 aprelda Hindiston Bosh vaziri M.Singxning O'zbekistonga rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Hindistonga tashrifi besh marotaba amalga oshirilgan. O'zbekiston Prezidentining Hindistonga 2011 yilning may oyida amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida Qo'shma bayonot qabul qilindi va turli sohalarda hamkorlik qilish bo`yicha 32 ta idoralararo bitim imzolandi.

2013 yil 21-24 aprelda Hindiston Vitse-prezidenti H.Ansari O'zbekistonga tashrif buyurdi.

2015 yilning 6-7 iyulida Hindiston Bosh vaziri N.Modi O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.

2016 yil 23-24 iyunda Hindiston Bosh vaziri N.Modi Toskent shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari Sammiti doirasida O'zbekistonga tashrif buyurdi va Prezident I.A.Karimov uni qabul qildi.

Ikki davlat o'rtasida imzolangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik Bitimi asosida savdoda o'zaro imtiyozlar berish rejimi joriy etilgan.

2017 yilda O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $323,6 mln. ni tashkil etdi.

Hozirgi kunda O'zbekiston hududida Hindiston sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 125 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan 21 tasi 100% Hindiston kapitali asosida tashkil etilgan.

1991 yildan boshlab “O'zbekiston-Hindiston” do'stlik jamiyati ish olib bormoqda.

O‘ZBEKISTON – BANGLADESH MUNOSABATLARI

Bangladesh Xalq Respublikasi 1991 yilning 30 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan oldi. 1992 yilning 15 oktyabrida Toshkent shahrida tomonlar o‘rtasida diplomatic munosabatlar o‘rnatish haqida protocol imzolandi.

Bangladeshning O‘zbekistondagi elchihonasi 1996 yil mart oyida ochildi.

1998 yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Bangladeshga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. 2000 yilning iyulida Bangladeshning sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdus Samad Azad O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2017 yilning 10 oyi natijalariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayrboshlash 55,4 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Bugungi kunda respublikada Bangladesh kapitali ishtirokida 6ta korxona faoliyat yuritmoqda, ularning bittasi – 100% xorijiy kapital asosida.

2012 yilning may oyida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2014 yilning aprelida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.G‘aniev boshchiligidagi delegatsiyaning Bangladeshga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi shu tashrif doirasida o‘tkazildi.

2014 yilning noyabr oyida O‘zbekiston qator kompaniyalari vakillari tarkibidagi ishchi guruhning Bangladeshga safari amalga oshirildi.

O‘ZBEKISTON-MISR ALOQALARI

Misr Arab Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 26 dekabrda tan olgan. 2017 yilda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi (1992 yil 23 yanvar).

Misrning Toshkentdagi elchixonasi 1993 yil may oyidan, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi esa 1994 yil dekabrdan Qohirada o‘z faoliyatlarini boshladilar.

Ikkitomonlama aloqalar rivojiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil dekabr va 2007 yil aprel oylarida Misrga amalga oshirgan rasmiy tashriflari sezilarli turtki bo‘ldi.

O‘zbek-misr munosabatlari halqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasida olib borilmoqda.

Shartnomaviy-huquqiy asos

Hozirda, ikki mamlakat shartnoma-huquq bazasini 51 ta davlatlar, hukumatlar va idoralararo hujjatlar tashkil etadi.

Savdo va iqtisodiy hamkorlik

Hozirga qadar O‘zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining oltita yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Madaniy-gumanitar hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Hamkorlikni rivojlantirish agentligi bilan yaqindan ishlab kelmoqda. 1993 yildan bugungi kunga qadar mazkur muassasa tomonidan tashkil etilgan diplomatik, sayyohlik, arab tilini o‘rganish va boshqa o‘quv kurslarida mingdan ziyod mamlakatimiz vakillari ishtirok etdilar.

Ijtimoyi-madaniy sohada ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 1997 yilda “O‘zbekiston-Misr”, 2000 yilda esa “Misr-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlariga asos solingan va hozirda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Marta o`qilgan: 53584