×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:31:32 (GMT +5), chorshanba, 13 - dekabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi va Amerika davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Shimoliy va Janubiy Amerikaning 21 ta mamlakati, jumladan, AQSh, Meksika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Braziliya Federativ Respublikasi, Argentina Respublikasi, Chili Respublikasi, Venesuela Bolivar Respublikasi, Yamayka, Urugvay Sharqiy Respublikasi, Peru Respublikasi, Kosta-Rika Respublikasi, Paragvay Respublikasi, Kuba Respublikasi, Gvatemala Respublikasi, Nikaragua Respublikasi, Gonduras Respublikasi, Dominikan Respublikasi, Ekvodor Respublikasi, Kolumbiya Respublikasi, Ko‘pmillatli Boliviya Davlati va El-Salvador Respublikasi bilan diplomatik munosabatlari o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga» muvofiq respublika tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi. Joriy o‘zbek-amerika munosabatlari o‘zining komplekslilik, uzoq muddatli va ko‘p qirrali jihatlari bilan ajralib turadi.

Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha mushtarak qiziqishlarga ega. Ushbu jabhada siyosiy, iqtisodiy, gumanitar hamda global xavfsizlik tahdidlari ya`ni, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida o‘zaro faol hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 19-fevralda o‘rnatilgan. Ushbu davr mobaynida o‘zaro hamkorlikning ulkan salohiyati shakillantirildi va kostruktiv hamkorlik tajribasi to‘plandi.

O‘zbekiston-Amerika munosabatlari doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni belgilab bergan asosiy hujjat bu ikki mamlakat o‘rtasida 2002-yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g’risidagi Deklaratsiya hisoblanadi.

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda oliy va yuqori darajadagi doimiy muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. 2017-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti D.Tramp ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabrik almashishdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni o‘zaro qiziqtirgan barcha sohalarda izchil va jadal rivojlanishga tarafdor ekanliklarini yana bir bor ta’kidlab o‘tishdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari T.Shennoning (2016-yil 27-29-oktabrda), Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosarlari U.Todd va D.Rozenblyumning (2016-yil 28-29-oktabrda va 2017-yil 24-26-fevralda) O‘zbekistonga tashriflari chog’ida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va tomonlarning manfaatlari inobatga olingan prinsiplarga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasida fikrlar almashilganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Har yilgi siyosiy maslahatlashuvlarning o‘tkazilishi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda. Navbatdagi maslahatlashuvlar 2016-yil yanvarda Vashington shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar ham faolligi bilan ajralib turadi. Parlamentlar delegatsiyalarining so‘nggi yillar davomidagi o‘zaro tashriflari bu yo‘nalishda hamkorlikning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar muntazam ravishda rivojlanmoqda. 2010 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik bo‘yicha Kelishuv imzolanishi ilmiy-texnikaviy yo‘nalishdagi aloqalarning yanada yuqori bosqichga chiqqanligining belgisidir.

So‘nggi yillarda madaniy va ta’lim sohalarida aloqalarni kengaytirish borasida AQSh bilan sermahsul hamkorlik munosabatlari rivojlanmoqda. Ushbu sohalarda quyidagi tadbirlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi bu haqda yaqqol dalolat beradi:

- Amerikaning «Alice Underground» jaz guruhining O‘zbekistonga tashrifi va respublikaning bir necha oliy ta’lim muassasalarida master-klasslar o‘tkazish bilan birgalikdagi Toshkent shahridagi chiqishi (2016-yil 9-16 dekabr);

- O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida diplomatic aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston-AQSh: 25 yillik mustahkam hamkorlik» mavzusida «davra suhbati»ning o‘tkazilishi (2017-yil 7-yanvar);

- «Miraf Entertainment LLC» kompaniyasi boshchiligida o‘zbek estrada namoyondalarining AQShda konsert dasturlarida ishtirok etishi (2017-yil 1-5-mart);

O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari ta'lim va akademik sohalaridagi dasturlarni amalga oshirishda izchil hamkorlik olib bormoqda, xususan:

- ikki davlat o‘rtasida gumanitar va ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari vakillarining o‘zaro tashriflari;

- ingliz tili, menedjment va biznes-ta’lim bo‘yicha AQSH mutaxassislarini O‘zbekistonning tilga ixtisoslashgan va iqtisod-biznes yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalariga joylashtirish;

Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonda AQShning beshdan ortiq mutaxassisi o‘z faoilayitini yuritmoqda.

Mazkur sohada uchrashuvlar, muzokaralar va aktual masalalarni muhokama qilish maqsadida 2016-yil 8-10-noyabr kunlari AQSh Departamenti universitetlararo hamkorlik koordinatori R.Boyumning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda.

Ayni paytda AQShning «Boyeing», «General Motors», «General Electric», «CNH Industrial», «Hyatt», «Hilton» va boshqa ko‘plab jahonga mashhur kompaniyalari mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Amerika biznes doiralari bilan hamkorlikning yorqin misoli sifatida “General Motors” korporatsiyasini keltirish mumkin. Mazkur korxona avtomobil modellarini ishlab chiqarish jarayonini muntazam ravishda oshirib bormoqda. Bu borada erishilgan asosiy yutuqlardan biri sifatida yengil avtomobillarning dvigatellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “General Motors Powertrain – Uzbekistan” korxonasining ishga tushirilishini ta’kidlash zarur.

“Boeing” kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar bilan ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi. 2016-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi aviaparki «Boeing-787-8 Dreamliner» rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan boyidi va davlatimizning butunjahon aviatizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Tomonlar o‘rtasidagi ishbilarmon munosabatlarni qo‘llab quvvatlashning muhim mexanizmlaridan biri Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi hisoblanib, uning navbatdagi uchrashuvi 2017-yil 1 fevralda bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda amerikaning yetakchi kompaniyalari ishtirok etganligi va birgalikda o‘tqazilgan biznes-forum O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik va qiziqshlarning tobora ortib borayotganining yaqqol misolidir.

2016 yilda yuqorida keltirib o‘tilgan kompaniyalar bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar yordamida o‘zaro tovar almashinuvi 70 foizga o‘sdi va 454 million dollarga yetdi

Bugungi kunda davlatimizda amerika kapitali ishtirokida 164 ta tashkilot o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda va AQShning Ozbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoylari hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida hamkorlik samarali asoslarda rivojlanishda davom etmoqda. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o‘rnatilgan. Bugungi kunda ikki tomonlama aloqalar O‘zbekiston Respublikasining qarargohi Vashington shahrida bo‘lgan Kanadadagi Elchihonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan O‘zbekistondagi Elchihonasi darajalarida olib borilmoqda. Bundan tashqari 1997-yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib kelmoqda.

Tomonlar o‘zaro keng qamrovli aloqalarni yanada rivojlantirishga intilmoqdalar. Buning isboti sifatida 2014-2015-yillarda tashkillashtirilgan 10 dan ortiq o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini keltirishimiz mumkin. O‘zbekiston-Kanada hamkorligining mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarning rivoji muhim o‘rin egallaydi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishda davom etmoqda. Bu yo‘nalishda Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (CERBA) o‘z o‘rniga ega.

O‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga bo‘lgan intilishning isboti sifatida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarni misol sifatida keltirish mumkin.

Jumladan, Kanada delegatsiyasi 2015 yilning 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida otkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forumning eng faol ishtirjkchilaridan bo‘lganligi, Ottavaning Toshkent bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyish etadi.

Qolaversa, ikki davlat diplomatik munosabatlarining 25 yilligi arafasida 13-15-mart kunlari Toshkentga «UzMining Expo-2017» Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish maqsadida tog‘-kon sanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes-jamiyati vakillaridan iborat ikki davlat hamkorligi tarixidagi eng ulkan biznes-delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi.

Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlar uyushtirilishni rejalashtirilmoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalarida sezilarli faollik kuzatilmoqda. O‘zbekistonning Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009-yil may oyida Braziliya Federativ Respublikasiga qilgan birinchi rasmiy tashrifi muhim voqea bo‘ldi. O‘tkazilgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar tomonlarning ikki tomonlama serqirra va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadi jiddiy ekanidan hamda munosabatlarni uzoq muddatli sherikchilik darajasiga olib chiqishga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi.

Ikkala davlat tashqi siyosat idoralari darajasida muntazam aloqalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2011-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillarining Braziliyaga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Braziliya Tashqi ishlar vazirligi va Texnik hamkorlik agentligida uchrashuvlar o‘tkazildi va ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

2012-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan anjumanida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

2015-yilning 13-fevralida Braziliya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Moskva rezidensiyasi bilan Antonio Xose Vallima Gareiro O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi.

2015-yilning 17-sentabrida TIVda Kubaning yangi tayinlangan Elchisi E.Garsiya (rezidensiyasi Moskva shahrida) ishtirokida ishonch yorlig‘ini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2015-yilning 10-fevralida TIVda Argentina Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pablo Anselmo Tettamanti (rezidensiyasi Moskva shahrida) ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Favqulodda va Muxtor Elchi P.A.Tettamantining 2016-yilning 1-6-iyundagi O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi doirasida Argentina mustaqilligining ikki yuz yilligiga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkil etildi, xusan:

- “Xalqaro Malbek Kuni”ni nishonlash qabul marosimi;

- “Ikki yuz yillikning buyuk shaxslari” nomli foto ko‘rgazma;

- Argentinacha raqs – tango namoyishi.

2013-yilning 6-avgustida Chilining Favqulodda va Muxtor Elchisi H.Egiguren (rezidensiyasi Moskva shahrida) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashib, ishonch yorlig‘ini topshirdi va 2015-yilning 31-avgustida O‘zbekistonga uning tashrifi bo‘lib o‘tdi.

So‘ngi yillar davomida O‘zbekistonning Meksika, Argentina, Kolumbia, Kuba, Urugvay kabi mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalarida ma’lum darajada faollashuv kuzatilmoqda.

2014-yilning 3-dekabr kunidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi va El-Salvador Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu haqda Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Salvadorning BMTdagi doimiy va muxtor vakillari Qo‘shma kommunike imzoladilar.

Marta o`qilgan: 41377