×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:54:56 (GMT +5), seshanba, 23 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari va Gruziya bilan hamkorigi

Ozbekiston-Qozogiston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 2 032,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.

Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘istonga 10 marotaba tashrifi amalga oshirilgan va Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga 11 marotaba tashrif buyurgan.

Ozbekiston-Qirgiziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘zaro tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Qirg‘izistonga 2 marotaba (1994-yil 16-yanvar va 2000-yil 26-27 – sentabr), Qirg‘iziston Prezidenti esa O‘zbekistonga 4 marotaba (1992-yil sentabr, 1996-yil dekabr, 1998-yil noyabr va 2006-yil oktabr) tashrif buyurgan.

1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. Oxirgi yettinchi qo‘shma majlis 2009-yil 28-dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 169,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ozbekiston Respublikasi va Turkmaniston ortasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.

O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

1991-yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 21 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. O‘zbekiston Prezidenti 10 marotaba Turkmanistonga tashrif buyurgan bo‘lsa, Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga 11 marta kelgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 213 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.

2000-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshirildi.

1998-yil yanvarda va 2001-yil dekabr oyida esa Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta majlisi bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda 2009-yil 18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni hamda 2016-yil 28-dekabrda tashkil etilgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 196,8 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar o’rnatildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.

2013-yilning 14-15-aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo Dastur qabul qilindi.

2010-yil 12-13-noyabr kunlari O‘zbekistonga Rossiyaning Federatsiya Kengashi Raisi V.Matvienko tashrif buyurdi. Tashrif doirasida V.Matvienko O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I.Sobirov va Qonunchilik palatasi spikeri D.Toshmuhamedovalar bilan muzokaralar o’tkazdi.

2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi.

2016-yil yakunlariga ko’ra ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 4,2 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi.

Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Ozarbayjonga 3 marotaba va Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan.

Mazkur tashriflar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini sifat jihatdan yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qiladigan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informatsion va kommunikatsion texnologiyalar, temir yo‘l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdek, gumanitar, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 21,2 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Ukrainaga 6 marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O‘zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 254,1 million AQSh dollarini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo кomissiyaning (HK) ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan.

1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya uchinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 113,4 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

1995-yil 30-31-martda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Moldovaga davlat tashrifi va 1998-yil 17-18-dekabrda Moldova Prezidenti P.Luchinskiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – 1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-gruzin Qo‘shma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktabrida Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2016-yil yakunlari bo‘icha ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Marta o`qilgan: 31126