O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi vizasi

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.

Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 48 kb);
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 
- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);
- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari;
- Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 45 kb);
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);
- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;
- 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari;
15 kungacha — 50 AQSh dollari;
30 kungacha — 60 AQSh dollari;
3 oygacha — 80 AQSh dollari;
6 oygacha — 120 AQSh dollari; 
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari;
1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari;
ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);
30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. Andorra, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Bruney-Dorussalom, Buyuk Britaniya, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Indoneziya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Kanada, Kipr, Koreya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Luksemburg, Malayziya, Malta, Mo‘g‘uliston, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, San-Marino, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Vatikan, Vengriya, Xorvatiya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chernogoriya, Chexiya, Chili fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday turdagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushbu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 16 yoshga to’lmagan xorijiy fuqarolar uchun O’zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi o’rnatilgan, bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

4. Tojikiston, Turkmaniston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi, Hindiston va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Estoniya,Kuvayt, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya va Turkiya (90 kungacha) diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Ushbu davlatlarning (Hindistondan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. Chet el fuqarolariga elektron kirish vizasi tartibi (e-visa.gov.uz) joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasi elektron vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

2019-yil 15-martdan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati bo‘lgan elektron visa tizimining quyidagi turlari joriy etiladi:
- ikki martalik, konsullik yig‘imi 35 AQSh dollari miqdorida;
- ko‘p martalik, konsullik yig‘imi 50 AQSh dollari miqdorida.

6. O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz kirish tartibi 2-ilovadagi davlatlat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga O‘zbekiston Havo yo‘llari Milliy aviakompaniyasining uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O’zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo’lovchilarga nisbatan qo’llaniladi;

7. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.



1-ilova

Fuqarolari elektron kirish vizasini olish (e-visa.gov.uz) yoki O‘zbekistonning konsullik muassasalarida soddalashtirilgan tartibda turizm vizalarini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

1. Albaniya Respublikasi
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3. Angola Respublikasi
4. Antigua va Barbuda
5. Bagama Orollari Hamdo‘stligi
6. Bahrayn Qirolligi
7. Bangladesh Xalq Respublikasi
8. Barbados
9. Beliz
10. Butan Qirolligi
11. Dominikana Hamdo‘stligi
12. Dominikana Respublikasi
13. Ekvador Respublikasi
14. El-Salvador Respublikasi
15. Eron Islom Respublikasi
16. Fiji Respublikasi
17. Filippin Respublikasi
18. Gabon Respublikasi
19. Gana Respublikasi
20. Gayana Kooperativ Respublikasi
21. Gonduras Respublikasi
22. Grenada
23. Gvatemala Respublikasi
24. Hindiston Respublikasi
25. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
26. Janubiy Afrika Respublikasi
27. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi 
28. Kabo-Verde Respublikasi
29. Kambodja Qirolligi
30. Kamerun Respublikasi
31. Kiribati Respublikasi
32. Ko‘p millatli Boliviya Davlati
33. Kolumbiya Respublikasi
34. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
35. Kosta-Rika Respublikasi
36. Kot-d’Ivuar Respublikasi
37. Kuba Respublikasi
38. Kuvayt Davlati
39. Laos Xalq Demokratik Respublikasi
40. Livan Respublikasi
41. Makedoniya Respublikasi
42. Maldiv Respublikasi
43. Marokash Qirolligi
44. Marshall Orollari Respublikasi
45. Mavrikiy Respublikasi
46. Meksika Qo‘shma Shtatlari
47. Mikroneziya Federativ Shtatlari
48. Misr Arab Respublikasi
49. Nauru Respublikasi
50. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi
51. Nikaragua Respublikasi
52. Palau Respublikasi
53. Panama Respublikasi
54. Paragvay Respublikasi
55. Peru Respublikasi
56. Qatar Davlati
57. Samoa Mustaqil Davlati
58. Saudiya Arabistoni Qirolligi
59. Senegal Respublikasi
60. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
61. Sent-Lyusiya
62. Sent-Vinsent va Grenadin
63. Seyshel Orollari Respublikasi
64. Solomon Orollari
65. Surinam Respublikasi
66. Tailand Qirolligi
67. Tonga Qirolligi
68. Trinidad va Tobago Respublikasi
69. Tunis Respublikasi
70. Urugvay Sharqiy Respublikasi
71. Vanuatu Respublikasi
72. Venesuela Bolivar Respublikasi
73. Vetnam Sotsialistik Respublikasi
74. Xitoy Xalq Respublikasi (jumladan Gonkong)
75. Yamayka
76. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi
77. O‘mon Sultonligi


Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, zarur hollarda, ayrim davlat fuqarolari uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatda elektron kirish vizalarini olish yuzasidan cheklovlar belgilash huquqiga ega.


2-ilova

O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish va 5 kungacha bo‘lish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3. Antigua va Barbuda
4. Bagama
5. Bahrayn
6. Barbados
7. Beliz
8. Butan
9. Dominika
10. Dominikan Respublikasi
11. Ekvador
12. Ekvatorial Gvineya
13. Fiji
14. Filippin
15. Gabon
16. Gayana
17. Gonduras
18. Grenada
19. Gvatemala
20. Hindiston
21. Janubiy Afrika Respublikasi
22. Jazoir
23. Kolumbiya
24. Kosta-Rika
25. Kuvayt
26. Livan
27. Makedoniya
28. Maldiv orollari
29. Marokash
30. Mavrikiy
31. Meksika
32. Nauru
33. Palau
34. Panama
35. Peru
36. Qatar
37. Sant-Kits va Nevis
38. Saudiya Arabistoni
39. Sent Lyusiya
40. Sent-Vinsent va Grenadina
41. Seyshel Orollari
42. Surinam
43. Tailand
44. Trinidad va Tobago
45. Tunis
46. Turkmaniston
47. Urugvay
48. Venesuela
49. Vetnam
50. Xitoy (jumladan Gonkong)
51. Yamayka
52. Shri-Lanka
53. O‘mon


Izoh: O'zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish va uni uzaytirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Marta o`qilgan: 159848