×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:07:56 (GMT +5), chorshanba, 12 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi vizasi

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.

Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 48 kb);
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 
- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);
- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari;
- Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 45 kb);
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);
- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;
- 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari;
15 kungacha — 50 AQSh dollari;
30 kungacha — 60 AQSh dollari;
3 oygacha — 80 AQSh dollari;
6 oygacha- 120 AQSh dollari;
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari;
1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari;
ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);
30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-oktabrdagi “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi 3347-sonli qaroriga bilan Turkiya fuqarolarining quyidagi toifalariga viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi:

- O‘zbekistonga ishbilarmonlik maqsadida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 yilgacha muddatga ko‘p martalik vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari tomonidan taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi TIVga murojaat etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi;

- O‘zbekistonga turist sifatida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 oygacha muddatdagi vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan turistik turvaucherlar yoki O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi.

O‘zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. 2018-yilning 10-fevralidan 7 ta davlat – Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday kategoriyadagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushabu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 2018-yil 10-fevraldan dunyoning 39 davlati (davlatlar ro‘yxati quyida keltirlgan) fuqarolari uchun hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi va sayyohlik ruxsati (turvaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslarning murojaat qilishi bekor qilindi.

Ilgari Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun ham vizalar rasmiylashtirishnig yengillashtyirilgan tartibi joriy etilgan edi.

Mazkur davlatlar sayyohlariga 1 oy muddatga ko‘p marotabalik, biznes vakillari uchun esa 1 yil muddatga ko‘p marotabalik vizalar beriladi. Bunda sayyohlik ruxsati (tur-vaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Vizalar hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi.

4. Tojikiston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Estoniya, Quvayt va Turkiya (90 kungacha) diplomatik passport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. Ushbu davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq va mamlakatga chet el fuqarolari kirish tartibini takomillashtirish maqsadida 2018-yil 15-iyuldan e’tiboran quyidagilar joriy etildi:

- elektron turistik viza olish: Ushbu tizim viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanishi mumkin bo‘lgan 51 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan amal qiladi;

- O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz kirish: Ushbu tartib 101 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali transit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O'zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi;

- 16 yoshga to'lmagan xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi: Bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

Soddalashtirilgan tartibda hamda “e-visa.gov.uz” portali orqali turiztik viza rasmiylashtirish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3. Andorra
4. Avstraliya
5. Avstriya
6. Belgiya
7. Birlashgan Arab Amirliklari
8. Bolgariya
9. Bosniya va Gertsegovina
10. Buyuk Britaniya
11. Daniya
12. Estoniya
13. Finlandiya
14. Fransiya
15. Germaniya
16. Gollandiya
17. Gretsiya
18. Hindiston
19. Irlandiya
20. Islandiya
21. Ispaniya
22. Italiya
23. Kanada
24. Latviya
25. Litva
26. Lixtenshteyn
27. Luksemburg
28. Makedoniya
29. Malta
30. Monako
31. Norvegiya
32. Polsha
33. Portugaliya
34. Quvayt
35. Ruminiya
36. San-Marino
37. Saudiya Arabistoni
38. Serbiya
39. Slovakiya
40. Sloveniya
41. Tailand
42. Vatikan
43. Vengriya
44. Xitoy
45. Xorvatiya
46. Yangi Zelandiya
47. Chernogoriya
48. Chexiya
49. Shvetsiya
50. Shveysariya
51. O‘mon

O'zbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish, 5 kungacha bo’lish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3. Andorra
4. Antigua va Barbuda
5. Argentina
6. Avstraliya
7. Avstriya
8. Bagama
9. Bahrayn
10. Barbados
11. Belgiya
12. Beliz
13. Birlashgan Arab Amirliklari
14. Bolgariya
15. Bosniya va Gertsegovina
16. Braziliya
17. Bruney Dorussalom
18. Butan
19. Buyuk Britaniya
20. Daniya
21. Dominika
22. Dominikan Respublikasi
23. Ekvador
24. Ekvatorial Gvineya
25. Estoniya
26. Fiji
27. Filippin
28. Finlyandiya
29. Fransiya
30. Gabon
31. Germaniya
32. Gollandiya
33. Gonduras
34. Grenada
35. Gretsiya
36. Guyana
37. Gvatemala
38. Hindiston
39. Irlandiya
40. Islandiya
41. Ispaniya
42. Italiya
43. Janubiy Afrika Respublikasi
44. Jazoir
45. Kanada
46. Kipr
47. Kolumbiya
48. Kosta-Rika
49. Latviya
50. Litva
51. Livan
52. Lixtenshteyn
53. Luksemburg
54. Makedoniya
55. Maldiv orollari
56. Malta
57. Marokash
58. Mavrikiy
59. Meksika
60. Mo‘g‘uliston
61. Monako
62. Nauru
63. Norvegiya
64. Palau
65. Panama
66. Peru
67. Polsha
68. Portugaliya
69. Qatar
70. Quvayt
71. Ruminiya
72. San-Marino
73. Sant-Kits va Nevis
74. Saudiya Arabistoni
75. Sent Lyusiya
76. Sent-Vinsent va Grenadina
77. Serbiya
78. Seyshel orollari
79. Slovakiya
80. Sloveniya
81. Surinam
82. Tailand
83. Trinidad va Tobago
84. Tunis
85. Turkmaniston
86. Urugvay
87. Vatikan
88. Venesuela
89. Vengriya
90. Vyetnam
91. Xitoy
92. Xorvatiya
93. Yamayka
94. Yangi Zelandiya
95. Chernogoriya
96. Chexiya
97. Chili
98. Shri-Lanka
99. Shvetsiya
100. Shveysariya
101. O‘mon

Izoh: O'zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish va uni uzaytirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Marta o`qilgan: 108164