×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:47:49 (GMT +5), seshanba, 19 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga chiqish tartibi haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida vizasiz kirish-chiqish tartibi amal qiladi.

Shuningdek, vizasiz kirish-chiqish tartibi toifasiga quyidagi “vizasiz” mamlakatlar qiradi: Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha), Moldova, Ozarbayjon, Ukraina.

2014-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga O‘zbekiston hududidan chiqishi faqat biometrik pasportlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-4262-sonli 05.01.2011-yildagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom”), O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston hududida va undan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat deb belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga borish uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasidan “vizalik” mamlakatlar hududiga borish uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun «vizalik» xorijiy mamlakatlar hududida bo‘lganlarida stikerning 2 yillik muddatining tugashi O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligining buzilishi deb hisoblanmaydi va mazkur “vizalik mamlakatalar” o‘rtasida borib-kelishlariga, shuningdek O‘zbekistonga qaytishlariga to‘siq bo‘lmaydi.

Stiker muddati tugagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududida bo‘la turib “vizasiz” mamlakatlarga borishlari mumkin bo‘lsada, ammo “vizasiz” mamlakatlar (Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha), Moldova, Ozarbayjon, Ukraina) hududidan qolgan “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududiga muddati tugagan stiker bilan o‘tishlari taqiqlanadi.


Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi hududiy bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Uch kundan kam bo‘lgan muddatga keluvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “FIFA 2018 – Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish davrida xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining 2018 yil futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq hududlarida hamda ular atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo‘llaniladi va ushbu hududlar uchun chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga o‘zgarishlar kiritiladi.

Farmonga muvofiq, 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Nijnыy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish muddati Rossiyaga kirib kelgan kundan e’tiboran 1 kun qilib belgilandi.

Rossiya Federatsiyasi hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan RF qonunchiligida belgilangan 2000 rubldan 5000 rublgacha miqdorda ma’muriy jarima jazosi qo‘llaniladi, ba’zi hollarda Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi hamda RF hududiga 5 yil muddatgacha kirishi ta’qiqlanishi mumkin.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzembassy.ru) yoki Elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +74992300076.

Marta o`qilgan: 31304