×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:12:50 (GMT +5), payshanba, 18 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Chet elga otlangan O'zbekistonlik sayyohlar uchun Eslatma

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari konstitusiyaga binoan shaxsiy va ijtimoiy ishlar, sayyohlik, ta’lim olish, ishlash, davolanish, xizmat safarlari yuzasidan hamda doimiy yashash uchun chel ellarga chiqish huquqiga egalar. Fuqarolar chet el safarini rasmiylashtirish uchun tegishli tartibda to’ldirilgan anketa-arizasi hamda pasporti bilan yashash joyi bo’yicha ichki ishlar organiga murojaat qiladilar.

Ichki ishlar organi O’zbekiston Respublikasi fuqarosining anketa-arizasini 15 kunlik muddat davomida ko’rib chiqadi hamda passportiga ikki yil mobaynida chet elga chiqishga ruxsat beruvchi stiker qo’yib beradi. Ushbu muddat davomida fuqarolar ichki ishlar organiga qo’shimcha ravishda murojaat etmagan holda chet elga chegaralanmagan miqdorda chiqib kelishlari mumkin.

Anketa-arizalar 18 yoshga to’lgan fuqarolar tomonidan topshiriladi. 18 yoshga to’lmagan bolalar uchun esa ularning qonuniy e’tirof etilgan vakillari ariza topshiradilar. Fuqarolar chet davlat vizasini olish uchun ushbu davlatning O’zbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan konsullik vakolatxonasi yoki elchixonasiga murojaat etadi. Agar O’zbekistonda tegishli davlat vakolatxonasi bo’lmasa, uning O’zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko’rsatish vazifasi yuklatilgan boshqa mamlakatlardagi vakolatxonalariga murojaat etiladi.

Viza olish uchun murojaat etayotganda taklifnoma, ba’zi hollarda tibbiy sug’urta, mamlakatda safar davomida istiqomat qilish va uni tark etish uchun yetarli mablag' borligi xususida guvohnoma, shuningdek boshqa hujjatlarni ko’rsatish talab etiladi.

Viza olish uchun kerakli bo’lgan hujjatlar ro’yxati, safar shartlari va mamlakatda istiqomat qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat diplomatik va konsullik vakolatxonasidan olish mumkin. Aviakompaniyalar odatda safar qilinayotgan mamlakat vizasi bo’lgan taqdirda chipta sotadilar.

Aeroportda bojxona deklarasiyasi to’ldiriladi. Ushbu hujjat o’z matni jihatidan boshqa mamlakatlarda amalda bo’lgan deklarasiyalardan umuman farq qilmaydi.

Shu bilan birga fuqarolar faqatgina 2000 AQSh dollarini bank ma’lumotnomasisiz olib chiqib ketishga ruxsat etilishini yodda tutmoqlari lozim.

Chipta masalasida esa, sotib olingan chipta (ekonomklass) ichiga bir odamga 25 kg yuk — 5 kg qo’l va 20 kg boshqa yuklar tannarxi kiritilgan. «O’zbekiston Havo Yo’llari» MAK yuk tashish tartib-qoidalari xususida bevosita Toshkent aeroportida joylashgan kompaniya ma’muriyatidan ma’lumot olish mumkin. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet mamlakatda bo’lgan paytlarida yuzaga keladigan turli masalalar yuzasidan maslahatlar olish uchun mamlakatimizning mezbon davlatdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat etishlari mumkin.

Aytish joizki, chet elga uzoq muddatli xizmat safari hamda doimiy yashash joyiga kelgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (pasport bilan birga) bir oylik muddat ichida ro’yxatdan o’tish uchun mamlakatimiz elchixonasi yoki Bosh konsulxonasiga murojaat etishlari shart. Ushbu konsullik amaliyoti chet mamlakatlarda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiriladi.

Yuklab olish uchun hujjatlar

Marta o`qilgan: 56906