×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:44:21 (GMT +5), seshanba, 19 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish davrida Rossiya Federatsiyasi migratsiya rejimining o‘zgarishiga doir

Rossiya Ferderatsiyasi Prezidentining 12.05.2018-yildagi 214-sonli qaroriga muvofiq futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya’ni 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki “Mening xujjatlarim” («Мои документы») ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’iy nazar barcha xorijliklarga ta’lluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgrad, Rostov-na-Donu, Kazan va Yekaterinburg.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

Просмотров: 8693