×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:12:33 (GMT +5), payshanba, 18 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Bojxona qoidalari

1. 2018-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar bojxona nazoratidan o'tishlari uchun ikki tomonli – "yashil" va "qizil" yo'laklar tizimi joriy etilgan.

Quyidagi hollarda har qanday shaxs bojxona deklaratsiyasini to'ldirmasdan "yashil" koridordan o'tish huquqiga egadir:

- olib kirilayotgan/olib chiqilayotgan xorijiy valyuta 2000 (ikki ming) AQSh dollaridan oshmasa;

- olib kirilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) soni qonun hujjatlarida belgilangan bojxona to'lovlari uchun asos bo‘ladigan me'yorlardan oshmasa;

- qonunchilikka muvofiq olib kirilishi/chiqilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud bo‘lmasa.

"Yashil" koridorni tanlash jismoniy shaxsning bojxona organiga yozma deklaratsiyaga kiritilishi lozim bo‘lgan tovar yoki naqd xorijiy valyutasi mavjud emasligini anglatadi.

Tovarlar yoki naqd xorijiy valyuta mavjud ekanligi aniqlangan taqdirda, shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

"Qizil" yo'lakni tanlaganda, shaxs bojxona deklaratsiyasini to'ldirishi, undagi yozma deklaratsiyaga kiritilishi zarur bo‘lgan tovarlar, naqd xorijiy valyuta va boshqa predmetlar mavjudligini ko‘rsatishi va uni bojxona xodimiga taqdim etishi shart.

Deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Qaysi yo‘lakdan kirishga shabha tug‘ilgan holatda “qizil” yo‘lakni tanlagan ma’qul yoki bojxona xodimiga murojaat qilish lozim.

Bojxona qonunchiligi bilan bog‘liq batafsil ma’lumot “yashil” va “qizil” yo‘laklarga kirish oldida berilgan.

Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

2. Naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish

Naqd xorijiy valyutani O'zbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

2000 (ikki ming) AQSh dollaridan oshmaydigan yoki shunga teng bo'lgan naqd xorijiy valyutaning summasi yozma deklaratsiyaga kiritilmaydi.

2000 (ikki ming) AQSh dollaridan oshadigan naqd xorijiy valyutaning olib chiqishda majburiy ravishda yozma deklaratsiyada ko‘rsatilishi lozim.

Belgilangan summadan ortiq miqdorda xorijiy valyutani olib kirish/chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

rezidentlar – O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida;

norezidentlar – O'zbekiston Respublikasiga kirishda to'ldirilgan yo'lovchilar bojxona deklaratsiyasi asosida, unda naqd xorijiy valyutadagi olib chiqilayotgan miqdoridan kam bo'lmagan miqdordagi valyuta ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

3. Naqd milliy valyutani olib kirish/olib chiqish

O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi eng kam oylik ish haqining 5 baravardan ortiq miqdorda olib kirilayotganda majburiy ravishda bu haqda yozma deklaratsiya to‘ldirilishi zarur.

O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishga eng kam ish haqining 50 barobaridan oshmaydigan miqdorda yo'l qo'yiladi.

4. O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro'yxati:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar (eksporti ham taqiqlangan);

b) urushni targ'ib etuvchi, davlat va jamiyat tizimi, hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetiga daxl qiluvchi, urush, terrorizm, zo'ravonlik, millatchilik va diniy ayirmachilik, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) targ‘ib etuvchi bosma ishlar, qo'lyozmalar, klishe, stereotiplarni, chizmalar, rasmlar, filmlar, negativlar, kino, video va audio asarlar, ovozli materiallar, gramyozuvlar, shuningdek, pornografik xususiyatga ega bo‘lgan materiallar;

c) portativ lazer nurlantiruvchilari;

g) portlovchi va pirotexnik vositalar;

e) uchuvchisiz havo vositalari.

5. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol maqsadida dori vositalarini olib kirish/olib chiqish tartibi

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol maqsadida dori vositalarini olib kirish/olib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- turli nomlardagi 10 ta dorivor preparat va har birining 5 dona paketidan ko'p bo'lmagan dori vositalari;

- dori-darmon vositalari 5 donadan ko'p bo'lmagan miqdorda.

Bunday holatda, bitta to'plam quyidagi tarkibda bo‘lishiga ruxsat etiladi:

- qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar va kapsulalar) – 100 donadan ko'p bo'lmagan;

eritma tayyorlash uchun ishlatiladigan kukunlar – 500 g dan ko'p bo'lmagan;

- granulalar ko'rinishidagi gomeopatik preparatlar – 50 g dan oshmaydigan;

- og'iz orqali qabul qilingan infuzion eritmalar va eritmalar – 500 ml dan ko'p bo'lmagan;

- inyeksiya uchun eritmalar – 10 ampuladan yoki 10 tadan kam bo'lmagan idishda;

- sirtdan qabul qilinadigan dorilar – 200 ml dan yoki 200 g dan ko'p bo'lmagan.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchiga tegishli qadoqda bo'lishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumotni http://www.customs.uz saytidan olishingiz mumkin.

Marta o`qilgan: 39937