O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Fuqarolarning Rossiyaga kirish ta’qiqini olib tashlash masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Rossiyada bo‘lish, migratsiya hisobida turish yoki mehnat bilan shug‘ullanish qoidalarini buzgan xorijiy davlat fuqarolariga nisbatan Rossiya qonunchiligiga binoan jarima va sud qaroriga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish va Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yish choralari qo‘llaniladi.

Rossiyaga kirish huquqi cheklangan shaxslar Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan taqdirda ma’muriy yoki jinoiy javobgaklikka tortiladilar.

Kirish ta’qiqi to‘g‘risidagi ma’lumotni Rossiya Ichki ishlar vazirligi veb-sahifasidan olish mumkin (www.fms.gov.ru).

Rossiyaning vakolatli organlarining kirishga ruhsat bermaslik to‘g‘risidagi qarorini tegishli sud instansiyalariga yoki Rossiya IIV Migratsiya masalari bo‘yicha boshqarmasining yuqori turuvchi organiga qonuniy tarzda shikoyat qilish orqali Rossiyaga kirish ta’qiqini bekor qilish mumkin.

1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya IIVning hududiy bo‘linmalariga yoki Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘ygan organga www.мвд.рф va www.ps.fsb.ru veb-sahifalaning elektron manzillariga o‘z arizalarini jo‘natish orqali murojaat qilishlari mumkin.

Просмотров: 15460