O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
10 - may 2018

Tender: Cisco Certified Network Associate kursida xodimlarni malakasini oshirish

Tashqi ishlar vazirligi Cisco Certified Network Associate (CCNA, kompyuter tarmoqlari bo‘yicha Cisco mutaxassis) kursida, xodimlarni malakasini oshirish uchun tender e’lon qiladi.

Alohida talablar: O‘quv markazinig CCNA kursi ta’limi huquqiga ega ekanligi. O‘qituvchilarda Cisco Certified Academy Instructor – CCAI sertifikati mavjudligi. Komissiyaning ijobiy xulosasi asosida shartnoma tuziladi.

Takliflar O‘zbekiston Respublikasi TIVga quyidagi manzil bo‘yicha yuborilsin: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 9.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar: 239-19-28, info@mfa.uz.

E’lon TIV veb-saxifasiga qo‘yilgandan so‘ng 10 kun davomida amal qiladi.



		
Marta o`qilgan: 6586