×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:52:49 (GMT +5), juma, 20 - aprel 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi
    Lavozimi Familiya, ism, sharif Telefon raqamlari

    Direktor


    Telefon: (+99871) 233-65-91, Faks: (+99871) 120-64-43

    Direktor o‘rinbosari 

    Ergashev Baxodirjon Anvarovich

    Telefon: (+99871) 256-71-89, Email - b.ergashev@mfa.uz

    Direktor o’rinbosari

    Sodiqov Shohruh Ne’matullaevich

    Telefon: (+99871) 256-86-82, Email - sh.sadikov@mfa.uz

    Direktor o‘rinbosari 

    Babashev Xurshid Mirzabaxramovich

    Telefon: (+99871) 256-03-83, Email - kh.babashev@mfa.uz

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi 1995-yil noyabrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning borishi, jamiyatning demokratik yangilanishi jarayoni to‘g‘risida xolis axborot tarqatish, milliy va xalqaro axborot agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, respublikamizning jahon axborot makoniga integrasiyalashuvini tezlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

    Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    - Mahalliy va xorijiy jamoatchilikni O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotidagi o‘zgarishlar haqida tezkorlik bilan xabardor qilib turish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

    - O‘zbekistonning keng xalqaro hamkorlik yuzasidan mavjud bo‘lgan ulkan imkoniyatlarini ochib beruvchi turli axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, katalog, bukletlar va boshqa matbaa mahsulotlarni nashr etish, foto va audiovizual materiallar tayyorlash va ularni tarqatish;

    - Xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti, globallashuv jarayoni doirasidagi xalqaro muammolar, terrorchilik, ekstremizm, diniy aqidaparastlikka qarshi kurash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash mavzulariga bag‘ishlangan axborotlarni to‘plash va tarqatish.

    Agentlik mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi: AQSh, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Yaponiyadagi diplomatik missiyalari hamda Respublikamizning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy Vakolatxonasi huzurida o‘zining muxbirlik punktlariga ega bo‘lgan yagona ommaviy axborot vositasi hisoblanadi.

    Agentlik eng yirik mahalliy va xalqaro axborot agentliklari, shuningdek, respublikamizning yetakchi gazetalari, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

    Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni ado etish maqsadida “Jahon” axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq:

    - Axborotlarni yig‘adi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi, barcha turdagi axborot mahsulotlarini mamlakat ichida va xorijda tayyorlaydi hamda tarqatadi;

    - Mahalliy va xorijiy axborot agentliklari bilan axborot ayirboshlash haqida yoki tijorat asosida axborot berish (olish) to‘g‘risidagi bitimlarni imzolaydi;

    - Shartnomaviy asosda xorijiy va mahalliy matbaa nashrilarga, radio, televideniye, axborot agentliklari va boshqa OAV, davlat va nodavlat muassasalari, jamoat tashkilotlariga axborot taqdim etadi;

    - Axborot va boshqa materiallar, mahsulot hamda xizmatlarni shartnomaviy asosda belgilangan narx va tariflar asosida sotadi.a

    (+99871) 233-65-91
    (+99871) 120-64-43
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi Qaroriga binoan O‘R TIV Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa xorijiy vakolatxonalarning hayot faoliyatlariga qulay shart-sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalarni sifatli hal etish vazifasi yuklatilgan.

    Lavozimi Familiyasi, ismi, sharifi Telefon raqami
    (kod: +99871)

    Boshqarma boshlig‘i

    Kayumov Abdurahim Rashidovich

    239-48-49
    Faks: 241-04-33

    Boshliq o‘rinbosari

    Turayev Utkur Nazarovich

    239-45-00

    Axborot-tahlil markazi direktori

    Sharipov Anvar Qosimovich

    244-09-79

    Matbuot kotibi

    Kuchakbekova Matluba Avalbekovna

    150-89-10

    Kanselyariya bo‘limi mudiri v.b.

    Askarova Mavlyuda Razakovna

    150-40-96
    Faks: 239-43-30

    Buxgalterlik hisobi va rejalashtirish bo‘limi mudiri - bosh buxgalter

    Yermakova Dilbar Anvarovna

    150-41-29
    150-41-28

    Moddiy-xo‘jalik ta’minoti bo‘limi mudiri v.v.b.

    Karimov Ilhom Alimovich

    150-40-93

    Kadrlar bo‘limi mudiri

    Isamuhamedova Shohida Shokirovna

    150-41-16

    Protokol–servis bo‘limi mudiri

    Axmedov Abdurasul Abdujalolovich

    150-40-72

    Transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi mudiri

    Mirzaaxmedov Dilmurod Davronovich

    150-41-26

    Viza xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi mudiri v.b.

    Odilov Oybek Odiljon o'g'li

    150-41-30

    Bojxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi mudiri

    Rajabov Ulug‘bek Shermamatovich

    150-41-25

    Chet el vakolatxonalari xodimlarini ro‘yxatga olish bo‘limi

    Sabirov Dilshodbek Ravshanbekovich

    150-40-70

    Kompyuter xizmati va kommunikatsiya bo‘limi mudiri

    Usmanov Rustambek Alimkulovich

    150-41-22

    Dipkorpus bilan ishlash sho‘basi mudiri

    Sumina Naziraxon Talabxanovna

    150-41-21

    Aviakassa

    Yakunina Svetlana Valeryevna

    150-88-82
    Faks: 150-41-15

    Тelefon: (+99871) 239-48-49

    Faks: (+998 71) 239-43-30, 241-04-33

    E-mail: info@ddsmfa.uz

    PROTOKOL–SERVIS BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri - Axmedov Abdurasul Abdujalilovich (Toshkent aeroporti)

    - O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan Favqulodda va Muxtor Elchilarni, dipvakolatxona xodimlari va ularning oila a’zolarini, diplomatik missiya mehmonlari va delegatsiyalari hamda xorijiy firmalar, kompaniyalar xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportining “VIP”va “CIP” zalidan kutib olish va kuzatishda ko‘maklashadi;

    - Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va mexmonlarini Toshkent xalqaro aeroportining umumiy zalidan kutib olish va kuzatishda, shuningdek uchish vaqtida joylarni bron qilish (“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi);

    - Diplomatik pochta (yuk)larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali qabul qilish va jo‘natishda ko‘maklashadi;

    - O‘R IIVdan muhr va shtamplarni tayyorlash va yo‘q qilish uchun ruxsatnomalar olishga hamda ularni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil etishda ko‘maklashadi;

    - Diplomatik missiya boshliqlari va xodimlariga ov qurollarini saqlash va olib yurishlari uchun O‘R IIVdan ruxsatnoma olishda yordamlashadi;

    - Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarlolgini majburiy sug‘urta qilishda yordamlashadi;

    - Xususiy turar va noturar uy-joylarni ijaraga berish yuzasidan shartnomalar tuzish, shartnomalarni uzaytirish va bekor qilishda ko‘maklashadi.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-40-72, 150-41-21, 150-41-20 (“Dipxorijxizmat” boshqarmasi) Faks: (+99871) 239-43-30 (“Dipxorijxizmat” boshqarmasi)

    Telefon: (+99871) 254-14-77 (Toshkent aeroporti), Faks: (+99871) 215-61-08 (Toshkent aeroporti)

    TRANSPORT XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri – Mirzaaxmedov Dilmurod Davronovich

    Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasida avtomashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi guvohnomani olishda, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasi ekvivalenti va avtotransport vositalariga davlat raqami belgilarini berish va o‘zgartirishda ko‘maklashish.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-26, 150-41-27

    Faks: (+99871) 150-41-27

    VIZA XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri v.b. – Odilov Oybek Odiljon o'g'li

    O‘R TIVning Konsullik boshqarmasi orqali viza yordamini rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatish, O‘R IIV Chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi (CHKvaFRB) orqali amaldagi viza muddatlarini uzaytirishga yordamlashish, chet el fuqarolarini yashash joylari bo‘yicha Toshkent shahar tumanlari IIB CHKvaFRBda vaqtinchalik ro‘yxatga olishlarida ko‘mak ko‘rsatish, Huquqiy ta‘minot va kadrlar ishlari bo‘limi orqali ishga rasmiylashtirilgan xodimlarninig xizmat safarlari yuzasidan xorijga chiqishlari uchun chiqish hujjatlarini Toshkent shahar IIBB CHKvaFRB orqali rasmiylashtirishda va shaxsiy ish bo‘yicha chet elga chiqadigan xodimlarninig so‘rovnoma-anketalarini tasdiqlashda yordam ko‘rsatish.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-19, 150-41-30

    Faks: (+99871) 150-41-30

    BOJXONA XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri – Rajabov Ulug‘bek Shermamatovich

    Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, jo‘natiladigan va olib kiriladgan yuklarni deklarasiya qilish, aeroportga va “Dipxorijxizmat” boshqarmasi binosida joylashgan bojxona postiga kelgan yuklarni qabul qilish va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish, yuklarni bojxona omborida saqlash, shuningdek yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan maslahatlar berish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy

    Telefon: (+99871) 150-41-25

    Faks: (+99871) 239-43-30

    CHET EL VAKOLATXONALARI XODIMLARINI RO‘YXATGA OLISH BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri v.v.b. – Sabirov Dilshodbek Ravshanbekovich

    Bo‘lim quyidagi xizmat turlarni amalgam oshiradi:

    - O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy vakolatxonalar, shuningdek chet el investitsiyasiga ega bo‘lgan korxonalrga servis xizmat ko‘rsatish uchun ularni ro‘yxatga qo‘yish va xizmat muddatlarini uzaytirish;

    - Diplomatik vakolatxonalardagi mahalliy xodimlardan iborat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga rasmiylashtirish, lavozimini o‘zgartirish, ishdan bo‘shashlariga oid tegishli buyruqlarni chiqarish, hamda ularining mehnat daftarchalarini yurritish va saqlash.

    - Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqrolarining maqomi to‘g‘risida”gi Qarorga muvofiq amalga oshiradi.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-18, 150-40-70

    Faks: (+99871) 239-43-30

    KOMPYUTER XIZMATI VA KOMMUNIKATSIYA BO‘LIMI

    Bo‘lim mudiri - Usmanov Rustambek Alimkulovich

    Kompyuter xizmati va kommunikatsiya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi litsenziyasi asosida Internet tarmog‘iga ulash xizmatini ko‘rsatadi. Boshqarma Internet Markazi ma’lumotlar uzatish Global tarmog‘iga bo‘yicha zarur texnik imkoniyatlarga ega, provayder xizmati ko‘rsatadi.

    O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa xorijiy vakolatxonalarga Elektromagnit moslashuv Markazi ruxsatnomalarini rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi.

    Boshqarma korporativ lokal axborot tizimini loyihasi tuzish va uni uzliksiz ishlashini ta’minlash.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-22, 150-41-23

    Faks: (+99871) 239-43-30

    DIPKORPUS BILAN ISHLASH SHO‘BASI

    Sho‘ba mudiri – Sumina Naziraxon Talabxanovna

    O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik, xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar uchunmadaniy-ommaviyvatadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish. Diplomatik vakolatxonalarning talabnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining tarixiy shaharlariga safarlar uyushtirish.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-21

    Faks: (+99871) 239-43-30

    AVIAKASSA

    Aviakassir – Yakunina Svetlana Valeryevna

    O‘R TIV “Dipxorijxizmat” boshqarmasi qoshidagiAviakassa “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” aviakompaniyasi bevosita agenti hisoblanadi. Aviakompaniya reyslari yo‘lovchilariga elektron chiptalar (e-ticket) haridi bo‘yicha xizmatlar taqdim etadi.

    Elchixona, xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar xodimlariga mahalliy va xorijiy reyslar uchun aviachiptalarni bron qilish va sotib olishni amalga oshiradi. O‘R TIVning uzoq va qisqa muddat bilan xorijiy safarga ketayotgan xodimlariga aviachiptalarni harid qiladi.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-88-82

    Faks: (+99871) 150-41-15

    «KO‘CHMAS MULK BILAN ISHLASH DIREKSIYASI» DAVLAT UNITAR KORXONASI

    Direktor - Hamdamov Utkirbek Maratovich

    - Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga ular joylashishlari uchun bino tanlashlarida yordam ko‘rsatish.

    - Toshkent shahar hokimining ajratilayotgan yer maydonlari bo‘yicha qarorini tayyorlash arafasida rejadagi obyektni ekologik ekspertiza qilishda yordam ko‘rsatish.

    - Ko‘chmas mulk obyektlarini qurish uchun yer maydonlarini ajratishda Diplomatik vakolatxonalarga Toshkent shahar hokimi qarorini olishda yordam ko‘rsatish.

    - Toshkent shahar hokimiyati, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasida (AQBB) loyihaoldi va loyiha hujjatlarini (topogeodezik suratlar, geologiya qidiruv ishlari, maydon chegaralaini belgilash, muhandislik kommunikatsiya ishlarida obyekning talab hisobi, arxitektura-rejalash topshirig‘i (ARB), AQBB Shahar qurilish Kengashi uchun hujjatlar(eskiz loyiha), loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish.

    - Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastori Boshqarmasidan bino va yer maydonlariga egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yordam ko‘rsatish.

    - Issiqlik va sovuq suv, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirish, avariya holatlarini bartaraf etish, binolarni qishki-yozgi mavsumga tayyorlash ishlarini amalga oshirish.

    - Direksiyaning ko‘chmas mulk obyektlari va ofis( idora) binolarni ijaraga berish.

    - Binolar yoki ular qismlarini turar joy fondidan noturar joy fondiga va aksincha holatga o‘tkazish.

    Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko‘chasi, 1-A uy.

    Telefon: (+99871) 150-41-09,150-41-06

    Faks: (+99871) 150-41-10

    «AMBASSADOR» DAVLAT UNITAR KORXONASI

    Direktor v.v.b.- Otapov Abduhakim Tulyaganovich

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi «Ambassador» (Diphotel) Davlat Unitar Korxonasi mehmonxonasi o‘zining 3 xonali shinam, keng va qulay apartamentlarni tavsiya qiladi. Mehmonxona 36 xonadan iborat bo‘lib, unda hamma qulayliklar mavjud: internet (simli va simsiz), kabelli televideniya. Apartamentlar mehmonxona, yotoqxona, ishlash xonasi, oshxona va katta balkondan iborat. Xizmatchilar juda malakali, yuqori darajadagi xizmatlarni kafolatlaydilar va o‘z vazifalariga o‘ta ma’suldirlar.

    Qo‘shimcha servislar: Mehmonlar uchun ikki turdagi «Standart» hamda «Maksimum» nonushtalar, xalqaro va shaharlararo suhbatlar, faks xizmati, kseroks xizmati, pochta va telegraf xizmatlari (korrespondentsiyalarni DHL aloqa xizmati orqali jo‘natish va qabul qilish),yuklarni saqlash, taksi chaqirish xizmati, 24 soatlik avtomashina qo‘riqlash xizmati, go‘zallik saloni xizmati, sauna xizmati va kir yuvish xizmati.

    Manzil: 100000, Toshkent sh., Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi, 6-uy.

    Telefon: (+99871) 237-16-44, (+99897) 440-76-20

    Faks: (+99871) 234-37-77

    «O‘ZDIPTRANSXIZMAT» DAVLAT UNITAR KORXONASI

    Bosh direktor – Gulyamov Baxtiyor Xasanovich

    Xalqaro tashkilotlar, xorijiy vakolatxonalar shirkatlari va kompaniyalarning xorijiy rasmiy delegasiyalariga transport xizmatlarini ko‘rsatish. Avtomobil vositalarning ta’miri va texnik xizmatlarini amalga oshirish. Avtomobil vositalarni o‘rta va yuqori klass tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar bilan ijaraga berish. Diplomatik korpus va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar, shuningdek O‘R TIV tizimigadi avtoulovlarni uzluksiz ravishda yoqilg‘i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash.

    Manzil: 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani Shiroq ko‘chasi, 110-uy.

    Telefon: (+99871) 228-67-38, 228-67-39

    Faks: (+99871) 228-67-34

    «DIP-NIHOL» DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI

    Mudira - Usmonova Mamlakat Abdumalikovna

    «Dip-Nihol» bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanib, asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

    - bolaning aqliy, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

    - tarbiyalanuvchining shaxs asosini, uning bilimga qiziqishini shakllantirish, madaniy-etik ehtiyojini, dastlabki mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, uning salomatligini mustahkamlash;

    - umuminsoniy qadriyatlarni, ijobiy tajriba va milliy urf-odatlarni hisobga olgan holda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish;

    - bolalarga maktabda ta’lim olishni o‘rgatish.

    Tarbiya jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Katta e’tibor ingliz tiliga beriladi. Kichik yoshdan ingliz tili guruhlari tuzilgan bo‘lib, unda ingliz tili bo‘yicha mutaxassislar ishlaydi.

    Mashg‘ulotlar multimediya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.

    Har bir guruhda texnik jihozlar mavjud: televizor, DVD, sterio va audio apparatlari, kompyuter, proyektor, ekran.

    Sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlariga katta e’tibor qaratilgan (silov, fizioterapiya, fitobar va b.) sport va musiqa zallari mavjud.

    Bog‘chada ingliz tilida so‘zlashuv klubi, yengil atletika, shaxmat, gimnastika va raqs to‘garaklari mavjud.

    Manzil: 100020, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, M-27, Bog‘ko‘cha

    Telefon: (+998 71) 242-07-50 (mudira), 242-64-03 (buxgalter), 242-09-25

    E-mail: dip_nihol@freemail.uz 

    ULUG‘BEK NOMLI TOSHKENT XALQARO MAKTABI

    Direktor – Maksudbekova Malika Ahmadjanovna

    O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan dipolamtik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlarining farzandlarini o‘qishi uchun yetarli sharoit yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-avgustdagi 328-sonli qarori bilan 1995-yil sentabr oyida Toshkent shahrida Ulug‘bek nomli Xalqaro maktab tashkil etilgan. Maktab pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.

    O‘quvchilarning umumiy soni – 311

    O‘qituvchilarning umumiy soni – 39

    Ulardan:

    Xorijiy o‘qituvchilar – 17

    Mahalliy o‘qituvchilar - 22

    Maktab Londondagi COBIS – Xalqaro maktablar Evropa Kengashning a’zosi hisoblanadi. Maktabda bolalarni o‘qitish Britaniya Xalqaro ta’lim tizimi asosida ingliz tilifa olib boriladi. Maktabda o‘quv-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari va xalqaro ta’lim standartlari asosidagi o‘quv rejalarida olib boriladi.

    Tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sport zali va faollar zali mavjud. O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va elektron o‘quv materiallaridan foydalaniladi.

    Maktab millati, davlati va diniy qarashlaridan qa’tiy nazar 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchundir. Maktab o‘quvchilari asosan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan dipolamtik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlarining farzandlari va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining farzadndlaridan tashkil topgan. Maktabda O‘zbekiston o‘qituvchilari bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Hindiston, AQSh, Kanada va boshqa davlatlar o‘qituvchilari ham foliyat yuritmoqda. O‘quv jarayoniga uzviylashtirilgan holda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ta’lim dasturlari kiritilgan. Barcha o‘quvchilar ingliz tilidagi (ingliz tili, matematika, kimyo, fizika, biologiya, geografiya, iqtisod, kompyuter texnologiyalari) umumiy dastur asosida o‘qitiladi. Ta’lim tili: ingliz, rus tillari.

    Sinflarda o‘quvchilar soni 25 nafardan oshmaydi. O‘quvchilar quyidagi qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashishadi: ingliz tili, fanlardan to‘garaklar, musiqa, sport va h.k. Dam olish kunlari O‘zbekiston Respublikasining tarixiy joylariga, teatr va muzeylariga sayohatlar uyushtiriladi. Maktabda Evropaning turli davlatlariga sayohatlar tshkil etish keng yo‘lga qo‘yilgan. Yoz oylarida Buyuk Britaniyaning til markazlariga boriladi.

    Manzil: 100100, Toshkent shahri, Sh.Abdullayeva ko‘chasi, 3-А uy.

    Telefon: (+99871) 253-08-92, 280-56-81

    Web-site: www.tuis.uz

    E-mail: info@tuis.uz

    (+99871) 239-48-49
    (+99871) 239-43-30, 241-04-33
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
    Lavozimi Familiya, ism, sharif Telefon raqamlari

    Rektor


    Tel.: (+998 71) 267-67-69, faks: (+998 71) 267-09-00

    Prorektor

    Sheraliyev Oybek Rixsillayevich

    Telefon: (+99871) 267-07-07

    Prorektor

    Nugmanov Nugman Abdullayevich

    Telefon: (+99871) 267-07-07

    Prorektor

    Hoshimov Valijon Norbotayevich

    Telefon: (+99871) 267-17-37, 267-05-34

    Prorektor

    Irmatov Afzal Hikmatillayevich

    Telefon: (+99871) 267-06-00

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 1992-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan. Quyidagilar universitetning asosoy vazifalari qilib begilandi:

    - jahon iqtisodiyoti, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, huquq va xalqaro jurnalistika sohasida yuqori malakali mutaxassis tayyorlash;

    - xuddi shunday yo‘nalishdagi chet mamlakatlarining universitetlari bilan ilmiy, madaniy hamda boshqa amaliy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar tuzish;

    - mazkur ixtisosliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, boshqa mamlakatlarning o‘quv yurtlari, davlat, jamoat va xususiy tuzilmalari, kompaniyalari, banklari bilan hamkorlik qilish;

    - talaba va xodimlarning chet ellarda malaka oshirishlarini ta’minansh;

    - xorijiy mamlakatlarning elchixonalari, konsulxonalari, boshqa vakolatxonalari hamda tashkilotlari bilan amaliy aloqalar asosida xalqaro munosabatlar sohasida keng ixtisosli mutaxassislar tayyorlash;

    - xorijy olimlar, mutaxassislar, ishbilarmon doiralarni keng ko‘lamda jalb etib, ular ishtirokida turli maktablar, kurslar, seminarlar, uslubiy va maslahat punktlarini tashkil qilish;

    - jahon iqtisodiyoti va biznes, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq va jurnalistika sohasida ko‘p tomonlama tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha ilmiy markazlar, kengahslar, laboratoriyalar tashkil qilish.

    1992-yilning oktabr-dekabr oylari davomida universitetning ichki tuzilmasi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va professor-o‘qituvchilar tarkibiga oid masalalarni hal qilish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirildi. 1993-yilning 1-fevralidan universitetning “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetlarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yildi.

    Bugungi kunda universitet qoshida to‘rtta fakultet – “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro huquq”, “Xalqaro munosabatlar”, “Til ta’limi” fakultetlari, 18 ta kafedra, Boshqaruv instituti, Diplomatik kurslar, Yuridik klinika, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot texnologiyalari va masofaviy ta’lim markazi, Davlat boshqaruvi va ommaviy huquq markazi, Yapon va Koreys markazlari, Muzokaralar laboratoriyasi, tarjimonlar tayyorlash markazi va Akademik litsey faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Universitetda o‘z ichiga bakalavriat (5 yil), magistratura (2 yil) va doktorantura (3 yil)ni qamrab oluvchi 3 bosqichli ta’lim tizimi amalga oshirilmoqda. Bakalavriatura va magistratura bosqichlarida 8 ta ta’lim yo‘nalishi, doktoranturada 3 ilmiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, universitet talabalari 7 ta til kafedrasida 13 ta xorijiy til bo‘yicha tahsil oladilar.

    Universitetning xalqaro aloqalarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. O‘tgan davr mobaynida universitetga qator xorijiy davlatlarning Prezidentlari(Rossiya Prezidenti Dimitriy Medvedev, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak, Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlers), Tashqi ishlar vazirlari (Rossiya - S.Lavrov, Yaponiya - Y.Kavaguchi) va AQSh Davlat kotiblari (Madlen Olbrayt, Hillari Klinton ), xalqaro tashkilotlarning Bosh kotiblari (NATO - Lord Jon Robertson, YUNESKO - Frederiko Mayor va Koichiro Matsuura) hamda taniqli xalqaro olimlar va ekspertlar (Zbignev Bjezinski, Viktor Sadovnichiy, Frederik Star va boshqalar) tashrif buyurgan.

    Litvya Bosh vaziri Algirdas Brazauskas (2002 y.), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev (2009), KOIKA Prezidentlari Kim Suk Xyonu (2004), Shin Jang Bumu (2006) va Pak De Von (2012) va Koreya Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Cho Djung Pyo (2008) universitetning faxriy doktorlari hisoblanadi.

    JIDU ikki tomonlama hamkorlik haqidagi kelishuvlar hamda ilmiy va ta’lim sohasidagi dasturlar doirasida Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning turli xil o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

    (+99871) 267-67-69
    (+99871) 267-09-00
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida Diplomatik kurslar
    Lavozimi Familiya, ism, sharif Telefon raqamlari

    Direktor vazifasini bajaruvchisi

    Rasulov Adxam Gafurovich

    Tel.: (+998 71) 267-67-69
    Faks: (+998 71) 267-09-00

    Diplomatik kurslar Jahon iqtisodioti va diplomatiya universiteti (JIDU) tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentabrdagi 474-sonli “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining 2001-yil 10-yanvardagi “Yosh diplomat” kurslarini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida Diplomatik kurslarga o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 32-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

    Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-sonli qaroriga binoan diplomatik kurslarning asosiy maqsadi “diplomatik va konsullik xizmatlari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislardan kadrlar zahirasini izchillikda tayyorlash”, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish hisoblanadi.

    Diplomatik kurslar o‘z faoliyatini JIDUning 2006-yil 10-noyabrdagi 1104-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi diplomatik kurslar to‘g‘risidagi” Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 24-apreldagi 05-650-sonli farmoni bilan ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatini boshqaruvchi vazirliklari va muassasalari, konsern va assotsiatsiyalari, yirik korxona va xo‘jaliklarining ishchi xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirishga bo‘lgan davlat talabi”ga asosan olib boradi.

    Diplomatik kurslarda Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy sohalarda o‘z xodimlarining malakasini oshirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa respublika muassasalari va tashkilotlarining xodimlari malakalarini oshiradilar.

    Diplomatik kurslarda ma’ruzalar o‘qish va seminarlar o‘tkazish uchun JIDUning yetakchi professor-o‘qituvchilari, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, xorijiy ta’lim muassasalari va boshqa respublika doirasidagi tashkilot va boshqarmalarning mutaxassislari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari taklif etiladi.

    Diplomatik kurslarning budjetdan ta’minlanadigan vazirlik va idoralarning ishchi-xizmatchilarini o‘qitish faoliyati maqsadli budjet jamg‘armalaridan amalga oshiriladi. Shuningdek, kurslarni yo‘lga qo‘yish buyurtmachilar hisobidan shartnoma va bitim asosida tashkil qilinishi mumkin.

    Kurs mashg‘ulotlari ko‘lami o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Mazkur o‘quv rejasi 2-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, jami 350 soatni tashkil etadi. Mashg‘ulotlar bir yilda ikki marotaba o‘tkaziladi. Shuningdek, shartnoma asosida, buyurtmachilarga qisqa muddatli (haftalik) kurslar ham o‘tiladi.

    O‘quv kurslari turli mavzularga bag‘ishlangan, xususan, “O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan global va hududiy xavfsizlik muammolarining kompleksi”, “O‘zbekiston Respublikasi muassasalarining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha informatsion-tahliliy ishlar”, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati hamda savdo-iqtisodiy munosabatlari huquqiy asoslarining ustuvor yo‘nalishlari”, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro iqtisodiy muzokaralar o‘tkazish malakalari” va boshqalar. Kurs ishtirokchilari geosiyosat, tahliliy ishlarning nazariy asoslari va amaliy muammolari, muzokara olib borish san’ati, iqtisodiy diplomatiya, diplomatik protokol va etiket, shuningdek xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning boshqa masalalarini o‘rganadilar.

    O‘quv dasturi va yakuniy ish himoyasi tugatilganidan so‘ng, tinglovchilar Kurs yakuni bo‘yicha sertifikat oladilar.

    (+99871) 267-67-69
    (+99871) 267-09-00
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi
    Lavozimi Familiya, ism, sharif Telefon raqamlari

    Direktor v.v.b.

    Baqoyev Matyoqub Teshayevich

    Tel./Faks: (+998 71) 244-84-19

    1. Akademik litseyning tashkil etilishi

    Akademik litsey 1999-yilda tashkil etilgan. Akademik litsey ustavi 1999-yil 10-sentabrda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan va 1999-yil 10-oktabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida 2070-raqam bilan ro‘yxatga olingan. Litseyda asosiy shtatda 73 ta o‘qituvchi ishlaydi, 10 nafar o‘qituvchilar o‘rindosh sifatida o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Akademik litseyda 6 ta fan nomzodi ham faoliyat yuritmoqda.

    2. Ta’lim yo‘nalishlari

    Akademik litseyda o‘quvchilar aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta’lim olishadi.

    Aniq fanlar yo‘nalishi

    Bu yo‘nalish o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi. Aniq fanlar yo‘nalishining o‘quv rejasi asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugallaganlaridan so‘ng matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot, statistika iqtisodiyotda axborot tizimi, moliya va kredit, iqtisodchi-pedagog, menejment, sug‘urta ishi bo‘lgan va matematika , xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

    Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi

    Ushbu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugatgandan keyin tarix, xorijiy til, ona tili va adabiyoti fanlaridan test sinovlarini topshirib, yurisprudensiya, xuquqshunos-pedagog, falsafa va mantiq, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, kutubxonashunoslik mutaxassisliklari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin.

    Xorijiy tillar yo‘nalishi

    Bu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Bu yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalar ingliz, nemis va fransuz tillarini asosiy fan sifatida o‘rganishadi. Yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni bitirgandan keyin xorijiy til, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalkaro munosabatlar tarixi, sharkshunoslik, dinshunoslik, xorijiy til mutaxassisliklari bilan bog‘lik oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin.

    3. To‘garaklar

    Litseyda tashkil etilgan to‘garaklar umumiy soni- 40 ta. Shulardan umumta’lim fanlar - 36 ta, sport seksiyalari - 3 ta, “Orasta qizlar” to‘garagi - 1ta. Tugaraklar umumiy o‘quvchilar miqdorining 73,8 % ni qamrab olgan.

    Chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlari bo‘yicha litseyda 36 ta fan to‘garaklari tashkil etilgan, ularga 423 nafar o‘quvchi qamrab olingan.

    4. Yutuqlar

    Bugungi kunda akademik litseyda 1253 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining bilim darajasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari Davlat test markazi (DTM) ma’lumotlariga ko‘ra Respublikada yuqori o‘rinlarda hisoblanadi.

    Akademik litsey bitiruvchilari Respublikamizning eng nufuzli o‘quv yurtlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot univetsiteti, Toshkent Moliya instituti, Sharqshunoslik instituti, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqro Vestminster universiteti, Gubkin nomidani Moskva neft va gaz instituti, Turin politexnika universiteti, Singapur menenjmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy dargohlarda tahsil olishmoqda.

    Akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlaridagi natijalari monitoringi olib borilmoqda. 2011-o‘quv yilida akademik litseyning 75% bitiruvchilari yuqoridagi nufuzli o‘quv yurtlarining talabalari bo‘ldilar. 2012-yilda bu ko‘rsatgich 72% ni, 2013-yilda - 68% ni, 2014-yilda - 62% ni tashkil etmoqda.

    Fan olimpiadasi g‘oliblari

    Akademik litsey o‘quvchilari fan olimpiadalarining faol ishtirokchilari sanaladi. 2013-2014-o‘quv yilidagi muvaffaqiyatlarni e’tirof etadigan bo‘lsak, olimpiadaning shahar bosqichida 15 nafar o‘quvchi ishtirok etdi, shulardan 3 nafari sovrinli o‘rinlarni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Respublika bosqichida esa Toshpo‘latov Sherzod tarix fanidan faxrli 1-o‘rinni egallab, oliy ta’lim yurtiga sinov imtixonlarisiz kirish imtiyozini qo‘lga kiritdi.

    2014-2015-o‘quv yili Respublika fan olimpiadasining III shahar bosqichida litseydan 14 nafar o‘quvchi qatnashib, 9 ta sovrinli o‘rin egallandi. Jumladan, 2-bosqich orasida Allambergenova Sitora Maratbay qizi rus tili (o‘zbek guruhlarda) fanidan 1-o‘rin, Kolushev Askar Timurovich rus tili (rus guruhlarda) 2-o‘rin, Rustambekov Abbosbek Javlonbek o‘g‘li ingliz tili fanidan 3-o‘rin, Bobojonova Latofat Tursunboy qizi matematika fanidan 3-o‘rin, Abduqodirov Shohruhbek Oybek o‘g‘li tarix fanidan 2-o‘rinni egalladilar. 3-bosqichlar orasida III shahar bosqichida Baxtiyarova Xadicha Zohidjon qizi rus tili (o‘zbek guruhlarda) fanidan 1-o‘rin, Xakimova Sevara Muxiddin qizi nemis tili fanidan 2-o‘rin, Zayniddinova Mohira Xusan qizi fransuz tili fanidan 1-o‘rin, Mirzayev Akmal Qadamovich tarix fanidan 2-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. Fan olimpiadasining IV Respublika bosqichida Zayniddinova Mohira Xusan qizi fransuz tili fanidan 1-o‘rinni egallab, imtiyozli ravishda talaba degan nomga sazovor bo‘ldi

    Ko‘rik-tanlov g‘oliblari

    2015-yil mart oyida “Prezident asarlari bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovida Mirzaboyev Azimjon Shahar bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2015-yilda litsey o‘quvchilari “Siz qonunni bilasizmi?”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “Men “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini qanday tushundim”, “Navro‘z va qadriyatlar”, “Zulfiya” mukofoti uchun bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishdi va faxrli o ‘rinlarni olishdi.

    Sport musobaqasi g‘oliblari

    Litsey jamoasi “Kamolot kubogi” futbol musobaqasining tuman va shahar bosqichlarida faxrli 1-ni egalladilar. Diplom va kubog bilan taqdirlandilar.

    2015-yil 18-martda akademik litseyda bo‘lib o‘tgan Gimnastrada musobaqasining Shayxontohur bosqichida o‘quvchilarimiz jamoa sifatida faxrli 1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi va shaharda 2-o‘rinni egalladilar.

    2014-yil 28-martda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasida o‘quvchilarimiz jamoasi tumanda 1-o‘rinni egallab, 2014-yil 15-aprelda shahar bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

    2015-yil Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida faol qatnashib, 3- o‘rinni egalladilar.

    2015-yil 20-fevralda akademik litseyda “Kamolot shaxmat taxtasi” turniri litsey hamda tuman bosqichida Ostanaqulov Faxriddin faxrli 1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

    Akademik litseyda jami fan olimpiadasi g‘oliblari soni-15 nafar, shundan respublika g‘oliblari - 3nafar, shahar g‘oliblari - 12 nafar. Shu bilan birgalikda litsey o ‘quvchilari orasida 4 nafar ko‘rik-tanlov g‘oliblari va 40 nafar sprot musobaqalari g‘oliblari ham bor.

    5. Xalqaro aloqalar va konkurslar

    Bugungi kunda akademik litsey Gyote instituti (GFR) bilan yaqin aloqalar bog‘lagan. Litsey bu institut bilan 2008-yildan beri Germaniyaning dunyo bo‘yicha “1000 hamkor maktablar dasturi”da ishtirok etib kelmoqda. Litseyda o‘quvchilar ingliz tili, fransuz tili bilan birgalikda nemis tilini ham o‘rganmoqdalar. Shu munosabat bilan Gyote instituti 2009-yildan beri o‘quvchilar o‘rtasida saralash insho tanlovlari o‘takazib, har yili 4-5 nafar g‘olib o‘quvchilarni Germaniyaning Frayburg, Drezden shaharlariga 1 oylik malaka oshirish kurslariga yubormoqda.

    Gyote instituti 2008-yildan beri litseyni ilmiy ommabop jurnallar va darsliklar bilan ta’minlab kelmoqda va shu manbalar asosida o‘quvchilarga darslar o‘tilmoqdi. Akademik litsey nemis tili xonasi Gyote instituti tomonidan O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘q jihojlar bilan ta’minlagan. Gyote instituti doimiy ravishda litsey o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda seminarlar, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar, sport o‘yinlari tashkil etib boradi.

    Akademik litsey o‘qituvchilari turli xalqaro grantlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Masalan: 2011-yilda Yaponiyaning O‘zbekistondagi ta’lim, fan, madaniyat, sport va texnologiyalar (MONBUKAGAKUSYo) vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan Yaponiyada 2 yillik malaka oshirish tanlovida litseyning ingliz tili o‘qituvchisi Kulinayeva Anna g‘olib bo‘lib, Yaponiyaning Miyagi pedogogika Universitetida malaka oshirgan. 2012-yilda xuddi shunday tanlovda akademik litseyning yana 2 nafar ingliz tili o‘qituvchilari Bakiyev Habibullo va Sobirova Durdonalar qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va Yaponiyaning Miyagi universitetida malaka oshirib qaytdilar. Bugungi kunda Ermonov Davron va To‘rayev Begzodlar Yaponiyada malaka oshirmoqdalar.

    (+99871) 244-84-19
    (+99871) 244-84-19