×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:48:03 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - mart 2020

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisining vazirlik tomonidan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingdagi nutqi

(2020-yil 22-mart, Toshkent shahri)


Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!


Ma’lumki, yangi turdagi koronovirusning tarqalishi natijasida dunyoning ko‘plab davlatlarida keskin choralar ko‘rilmoqda. Yirik rivojlangan davlatlar ham bu infeksiyaga qarshi turishda qator muammolarga duch kelmoqda. Shu bilan bir qatorda ayrim davlatlar o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmaganligini e’tirof etmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Bosh vazir raisligida respublika maxsus komissiyasi tuzildi.

Qator chet el davlatlari tajribasiga tayangan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‘l qatnovlarini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi, hamda mamlakatimizning 53 ta elchixonalari va konsullik muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzildi. Diplomatik vakolatxonalarning barcha xodimlari ushbu shtablarga biriktirildi, vakolatxona rahbarlari esa shtab faoliyatiga shaxsan boshchilik qilmoqda.

Quyidagilar operativ shtablarning asosiy vazifalari etib belgilangan:

- mamlakatimizga qaytishni istagan fuqarolarimiz ro‘yxatini shakllantirish;

- xorijiy davlarlarning o‘z fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha murojaatlarini o‘rganib chiqish;

- charter reyslarini tashkillashtirish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritish;

- hamyurtlarimizning chet el hududida qonuniy bo‘lib turishlari uchun viza va boshqa turdagi ro‘yxatdan o‘tish masalalarini hal qilishda amaliy ko‘mak berish;

- chet el davlatlaridan tibbiyot sohasidagi tajribali mutaxassislarni jalb qilish;

- koronovirusni aniqlash vositalarini mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- koronavirusga qarshi kurashda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonning vakolatli tashkilotlariga yetkazish;

- fuqarolarimiz ahvolini o‘rganish va ular bilan doimiy muloqotda bo‘lish.

Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 22-mart holatiga ko‘ra operativ shtablarga 5800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari va 2800 dan ortiq chet el fuqarolari vatanga qaytishni so‘rab murojaat etdilar.

Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreya Respublikasidan 7 ta charter reyslari orqali jami 1750 dan ortiq fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytarildi va 14 kunlik karantinga olindi.

Turli yo‘nalishlarda charter reyslarini tashkil etish va boshqa dolazarb masalalar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.



Просмотров: 1264