×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:58:04 (GMT +5), payshanba, 2 - aprel 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - fevral 2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning Oliy Majlis Senati 2-yalpi yalpi majlisidagi nutqi tezislari

(2020-yil 28-fevral, Toshkent shahri)

Muxtarama rais,

Hurmatli senatorlar, majlis ishtirokchilari,

Avvalam bor, bugun TIVning 2019-yildagi faoliyati haqida axborot berishga yaratilgan imkoniyat uchun cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Albatta bunday hisobotlar, birinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Parlamentga murojaatnomasida belgilab bergan Tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish vazirlikga juda katta mas’uliyat yuklaydi.

Ikkinchidan, Harakatlar strategiyasida belgilangan pragmatik tashqi siyosatning xalqimiz oldida ochiqligini va uning davomiyligini ko‘rsatadi.

O‘tgan 2019-yil vazirlik Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ochiq, do‘stona va pragmatik tashqi siyosatdan kelib chiqib, asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratdi:

Birinchidan, mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga qulay tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar yaratishga;

Ikkinchidan, chet ellarda mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, uning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilishga;

Uchinchidan, xalqaro tashkilotlar – BMT, ShHT, MDH, IHT, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvi va Turkiy kengash doirasida Prezidentimiz tomonidan taklif qilingan tashabbuslarni amalga oshirishga;

To‘rtinchidan, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga, ya’ni mamlakatimiz iqtisodiga chet el sarmoyalarini olib kirish, eksportni oshirish va O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonini ko‘paytirishga hamda vatandoshlar bilan ishlashga.

Undan tashqari, TIV o‘tgan yili 22-dekabrda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tgan Parlament saylovlariga kelgan 800 dan ortiq chet ellar va xalqaro tashkilotlar vakillariga ochiqlik va demokratiya asosida kuzatishga qulay sharoitlar yaratishga yordam berdi.

O‘tgan 2019-yilda mamlakatimiz siyosiy hayoti juda ko‘p oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga, xalqaro anjumanlarga va muhim voqealarga boy bo‘ldi.

2019-yilda 18 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Shulardan 11 tasi davlatimiz raxbarining chet ellarga tashriflari bo‘lsa, 7 tasi O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar. 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tadbirlar o‘tkazildi (Hindiston+Markaziy Osiyo, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik, Markaziy Osiyo+Afg‘oniston, Orolga bag‘ishlangan, Baxshi san’ati, Hunarmandchilik va boshkalar).

Oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida 122 ta turli sohalarga oid bitimlar imzolandi. 90 dan ortiq “yo‘l xaritalari” tasdiqlandi.

O‘tgan yili Markaziy Osiyoga nisbatan ochiq, o‘zaro hurmatga asoslangan pragmatik tashqi siyosat davom ettirildi. 29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.

2019-yilda dunyoning yirik davlatlari – Rossiya, Xitoy, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, YI, Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mamlakatlari bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik barqaror rivojlandi.

Shu bilan birga, o‘tgan yili nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, MDH, ShHT, YXHT bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarimiz sezilarli darajada kengaydi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan BMT Bosh Assambleyasida ikkita juda muhim masala bo‘yicha maxsus rezolyutsiyalar qabul qilindi. Birinchisi – “Barqaror turizm va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish”. Ikkinchisi – “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”

2019-yil 15-oktabrda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammitida O‘zbekiston Turkiy kengash tashkilotiga to‘laqonli a’zo etib qabul qilindi.

TIV o‘tgan davrda iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Elchixonalarimiz tomonidan umumiy qiymati 5 mlrd.dan ortiq 256 ta investitsion loyihalar ishlab chiqildi. Mamlakatimiz hududlarida 15 ta xalqaro biznes-forumlar tashkil etildi. Elchixonalarimiz tomonidan 1200 ta biznes-forumlar va 3000 dan ortiq investorlarni O‘zbekistonga tashriflari amalga oshirildi.

Diplomatik vakolatxonalarimiz joylashgan mamlakatlarga eksport hajmi 19,2% ga o‘sib, 10,2 mlrd. doll. tashkil etdi. O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 27,1% ga o‘sib, 7 milliondan oshdi.

2019-yil Prezidentimizning dekabr oyidagi Yaponiyaga rasmiy va Sankt-Peterburgga ishchi tashriflari bilan yakunlandi.



Просмотров: 591