O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
14 - fevral 2020

O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Milliy matbuot markazida jurnalistlar bilan uchrashdi

2020-yilning 14-fevral kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 2019-yil yakunlarini sarhisob qilindi va davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojatnomasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston diplomatiyasi oldida turgan vazifalar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini mazmunan bajarishga alohida urg‘u berildi. Xususan, tashqi siyosat idorasi barcha yo‘nalishlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sherikchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashi va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishi qayd etildi. O‘zbekiston, shuningdek, xorijiy investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish siyosatini faollashtiradi, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni, mazkur yo‘nalishda qabul qilingan majburiyatlarni bajarishni nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Matbuot anjumani chog‘ida milliy va xorijiy OAV vakillarining savollariga javob berildi.

Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosarining kirish nutqi vazirlikning Youtubedagi sahifasida onlayn-rejimda efirga uzatildi.



Просмотров: 1048