×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:13:54 (GMT +5), seshanba, 25 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - iyun 2018

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XV yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov nutqi

(Toshkent shahri, 2018-yil 29-iyun)

Hurmali Nig‘matilla To‘lqinovich,

Hurmatli Senat a’zolari va majlis qatnashchilari,

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha Vazirlik faoliyati natijalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishga ijozat etgaysiz.

1. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan faol, chuqur o‘ylangan va ochiq tashqi siyosat tufayli O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan hamkorligining izchilligi va samardorligi oshib bormoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta oliy darajadagi tashriflar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, 20 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi, 89 ta xalqaro shartnoma va bitimlar imzolandi.

Hukumat, vazirliklar va idoralar rahbarlari darajasida 120 ta tashrif, 10 ta qo‘shma komissiyalarning yig‘ilishi, 6 ta tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida va 2 ta xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar tashkil qilindi. Bundan tashqari, 656 ta ko‘rgazma, konferensiya va taqdimotlar, 30 dan ortiq biznes-forumlar o‘tkazildi. Respublikamizga 572 ta xorijiy biznes delegatsiyalari tashrif buyurdi.

Xorijiy sarmoyadorlar bilan 17 milliard dollar qiymatdagi
182 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

2. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi ko‘p qirrali xalqaro aloqalarining yuqori darajadagi rivojlanish sur’atini namoyon qildi. Joriy yilning mart oyidagi Sh.M.Mirziyoyevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi amaliy natijalari sifatida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma imzolanganligi, ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimning joriy etilganligi va chegara o‘tish punktlari faoliyatining qayta tiklanganligini qayd etish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi tarixiy ahamiyat kasb etib, uning natijalariga ko‘ra Strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi. Turkmaniston va Turkiya prezidentlari G.Berdimuxamedov va R.T.Erdog‘an O‘zbekistonga davlat tashriflarini amalga oshirdilar.

3. O‘zbekiston Rahbariyatining yirik tashqi siyosiy tashabbuslarini amalga oshirishda sezilarli natijalarga erishildi.

Joriy yilning 15 mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Keyingi maslahat uchrashuvini 2019 yilning mart oyida Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shu yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu hujjatga Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 davlati hammualliflik qilishdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Xalqaro konferensiya yirik xalqaro-siyosiy voqea bo‘ldi. Forumning natijalari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasida xorijiy davlatlar bilan qator muzokaralar olib borildi hamda “Tolibon” Harakati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitidagi ishtirokining muhim natijasi sifatida tuzilmaga a’zo barcha davlatlar tomonidan O‘zbekiston Rahbari bildirgan qator tashabbuslarning, jumladan, Shanxay tashkilotining Yoshlarga qo‘shma murojaatini qabul qilish va BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” borasida maxsus rezolyutsiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlanishini keltirib o‘tish mumkin.

Hurmatli Senat a’zolari,

Joriy yilning yanvar oyida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish doirasida 35 ta chet davlatlar bilan hamkorlik borasida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi. Ularni amalga oshirish bo‘yicha diplomatik missiya rahbarlarining shaxsiy hisobotlari har oyda tinglab borilmoqda.

Har bir xorijiy diplomatik muassasa respublikamizning muayyan hududlari va iqtisodiyot tarmoqlariga biriktirildi. Mahalliy hokimiyat organlariga xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshirishda yordam berish uchun Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyat hokimiyatlarining 30 ga yaqin delegatsiyalari 15 ta mamlakatga tashrif buyurdi, ularning natijalari bo‘yicha 1,3 mlrd. dollarlik kelishuvlarga erishildi.

Diplomatik vakolatxonalar o‘zlariga biriktirilgan hududlar va korxonalarga ularning mahsulotlarini eksport qilish, xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish masalalarida yordam ko‘rsatishmoqda. Mamlakatimiz va viloyatlarimizda investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Respublikamizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va biznes doiralari vakillari orasidan tayinlanadigan “xorijdagi O‘zbekiston turistik brendi elchisi” institutini joriy etish uchun ko‘zda tutilmoqda. “Ziyorat turizmini” rivojlantirish uchun Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Quvayt va boshqa musulmon mamlakatlardagi diniy yetakchilar vakillari bilan faol ishlar olib borilib, ularning O‘zbekistonga tashriflari tashkil etilmoqda.

Bir qancha davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimning o‘rnatilishi va vizalar berish tartibining soddalashtirilishi mamlakatimizga sayyohlar oqimining deyarli ikki barobar ortishiga olib keldi. Ushbu yilning 5 oyi mobaynida O‘zbekistonga 2,2 milliondan ortiq xorijiy fuqarolar tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 93% ko‘p deganidir.

Hurmatli majlis ishtirokchilari,

Joriy yil Tashqi ishlar vazirligi uchun katta islohotlar bilan boshlanib, o‘zgarishlar vazirlik tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratildi. “Diplomatik xizmat to‘g‘risida”, “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Konsullik nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Qonunlar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi hududiy bo‘limlari, “Dunyo” axborot agentligi, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi, Tahlil va prognozlashtirish markazi kabilarning faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha farmon loyihalari tayyorlandi.

Vazirlikning barcha bo‘limlari funksiyalari va vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Eksport, investitsiyalar, turizm va hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Tashqi iqtisodiy hamkorlik Bosh boshqarmasi tashkil qilindi.

Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti tuzildi. Uning tarkibida fuqarolar murojaatlari bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘lim ochildi. Fuqarolarimiz murojaatlarini 24 soat rejimida qabul qiluvchi "Koll tsentr" xizmati ishga tushirildi.

Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi tashkil qilindi, ular bilan hamkorlik qilish bo‘yicha davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

«Jahon» axborot agentligi negizida «Dunyo» axborot agentligi va Media-markaz tashkil etilmoqda. Xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifinglar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus studiya qurilishi boshlandi.

Chet eldagi diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, Olma-ota, Oqtov, Vladivostok, Qozon va Rostov-Don shaharlarida bosh konsullik idoralarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va xorijiy vakolatxonalar rahbarlari attestatsiya qilinib, ularning natijalari buyicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Yangi xodimlarni qabul qilishga bag‘ishlangan Ochiq tanlov to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilmoqda.

JIDU faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat mutaxassislarni tanlab olish, tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan. Gid va tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha yangi fakultet ochilmoqda, Oliy diplomatiya maktabi tashkil etilmoqda.

Hurmatli majlis qatnashchilari,

Biz Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan muammolar haqida bir necha bor to‘xtalib o‘tgandik. Ushbu muammolarning aksariyati o‘z yechimini topmoqda, ammo ba’zilari hozirgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda. Masalan:

- xorijiy muassasalar orqali keladigan takliflarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan uzoq muddatlarda ko‘rib chiqilishi;

- batafsil ishlab chiqilgan va professional tarzda tuzilgan investitsion loyihalarning kamligi;

- hokimliklarda xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish borasida aniq rejalarning mavjud emasligi;

- diplomatik vakolatxona xodimlarining hisobotlar tayyorlash bilan ortiqcha bandligi (oyiga 30 dan oshiq) sababli ular o‘z salohiyatlaridan to‘la foydalana olmayotganliklari.

Mavjud muammolarni hal etish uchun quyidagilarni zarur deb hisoblaymiz:

- idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish, xorijiy missiyalar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Vazirlik tomonidan kiritilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini tezlashtirish;

- har bir xalqaro tashrif va xorijiy ishbilarmon doira delegatsiyalarining hududlarga kelishidan avval hokimiyatlar tomonidan oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish;

- vazirliklar, idoralar va hokimliklar faoliyatiga xorijiy sheriklar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijalari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga hisobotlar taqdim etish amaliyotini kiritish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda hisobot berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;

- turli sohalar bo‘yicha taqdim etilayotgan hisobotlar inventarizatsiyasini o‘tkazish va ularning sonini optimallashtirish.



Просмотров: 1389