×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:02:50 (GMT +5), yakshanba, 9 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


19 - mart 2018

Xitoy Tashqi ishlar Vaziriga maktub

2018-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri etib qayta saylangan va Davlat kengashi a’zosi lavozimiga tayinlangan Van Yiga tabrik maktubini yo‘lladi.

“O‘zbekistonda sizning do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangiz yuksak qadrlanadi, – deyiladi maktubda. - Sizning timsolingizda amalda ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirish va chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratayotgan haqiqiy do‘st va ishonchli hamkorni ko‘ramiz.”

Ikki tomonning uzoq muddatli manfaatlari mosligidan kelib chiqib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va konstruktiv hamkorlikka asoslangan qo‘shma sa’y-harakat natijasida bundan keyin ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida har tomonlama rivojlanishiga ishonch bildirildi.

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov tez orada Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada uchrashish, unda konstruktiv muloqotni davom ettirishga, afg‘on mojarosini hal qilish yo‘llarini birgalikda izlash va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga umid bildirdi.



Просмотров: 8292