×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:12:32 (GMT +5), payshanba, 6 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - yanvar 2018

Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga maktub

Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Vladimir Makey Janobi Oliylariga

Hurmatli Vladimir Vladimirovich,

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan mening samimiy tabrigimni va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlab aytmoqchimanki, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Belarus munosabatlari o‘tgan chorak asr davomida sherikchilik va konstruktiv hamkorlik ruhida faol rivojlanib keldi.

Ishonchim komilki, Minskda O‘zbekiston Elchixonasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘taradi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga kuchli turtki beradi.

Aminmanki, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona aloqalar bundan keyin ham ikki mamlakat xalqlarining farovonligi yo‘lida jadal rivojlanadi va mustahkamlanadi.

Ushbu muhim kunda, ruxsatingiz bilan Sizga, hurmatli Vladimir Vladimirovich, va Sizning rahbarligingizdagi Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga sog‘lik, farovonlik va har tomonlama muvaffaqiyatlar tilayman.

Chuqur hurmat bilan,

Abdulaziz Kamilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri



Просмотров: 9426