×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:41:05 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - sentabr 2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning 2017-yil 29-sentabrda bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida so‘zlagan nutqiga tezislar

(Toshkent shahri) 

Hurmatli anjuman qatnashchilari,

Avvalambor, ushbu muhim siyosiy tadbirda ishtirok etish imkoniyati yaratilgani uchun tashkilotchilarga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etmoqchiman.

Fursatdan foydalanib, bu yerda ishtirok etayotgan AQSh elchisi P.Spratlen xonim, Qozog‘iston elchisi janob Y.Utembayev, Qirg‘iziston elchisi janob D.Sidikov va Afg‘oniston elchixonasi vakili janob Abdul Axad Xalikyarlarni ko‘rib turganimdan mamnunligimni bildirmoqchiman.

Qo‘yilgan savolga javob berishdan oldin, ikki muhim jihatga anjuman ishtirokchilarining e’tiborini qaratmoqchiman.

Birinchidan, muhtaram Prezidentimizning Amerika Qo‘shma Shtatlariga safarini hech mubolag‘asiz tarixiy deb baholashga barcha asoslarimiz bor. Uning tarixiyligi tashrifning ko‘lami, kun tartibiga qo‘yilgan muhim va dolzarb masalalar, hamda erishilgan amaliy kelishuvlar bilan tasdiqlanadi.

Ikkinchidan, e’lon qilingan tashabbuslar va ilgari surilgan takliflar o‘zbek diplomatiyasi oldiga turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangidan-yangi vazifalarni belgilab berdi.

Hurmatli Prezidentimizning BMTdagi nutqi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagilarni ta’kidlab o‘tishni lozim deb bilaman.

Avvalambor, xalqaro hamjamiyat oldida O‘zbekistonning yangilangan qiyofasi, hamda Rivojlanish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning yorqin va batafsil taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Nutqning ikkinchi qismi O‘zbekiston tashqi siyosatida ustivor yo‘nalish hisoblangan Markaziy Osiyoga bag‘ishlandi. Xususan, muhtaram Shavkat Miromonovich, mintaqada yig‘ilib qolgan og‘ir muammolar yuzasidan erishilgan kelishuvlar borasida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Chiqishlarining uchinchi qismida bashariyat oldida turgan o‘tkir global tahdidlar, jumladan suv tanqisligi, Orol fojiasi, Afg‘oniston mojarosi, xalqaro terrorizm va ekstremizm haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar borasida to‘htaladigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini tashkil etish, Samarqandda BMT shafeligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro anjuman yakunida BMTning maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish tashabbuslarini misol qilib keltirsak bo‘ladi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar va tashabbuslar, va umuman olganda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib so‘zlagan nutqlari xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Masalan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi takliflari 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Sivilizatsiyalar alyansi” yig‘ilishida ham qizg‘in muhokama qilindi. Ushbu tadbirda BMTning bosh kotibi A.Guterrish ham ishtirok etdi.

Bugungi anjuman ishtirokchilar e’tiborlarini yana bir holatga qaratmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashriflari munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp shaxsan maktub yo‘llab, ularga tashrifning sermazmun o‘tishini tilab qolgan. Amerika hukumati tomonidan o‘zbek delegatsiyasiga ko‘rsatilgan bu kabi yuksak ehtirom davlatimiz rahbariyatiga bo‘lgan yuqori darajadagi hurmat va e’tiboridan dalolatdir.

Fursatdan foydalanib, e’tiboringizni muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining muntazam ravishda o‘tkaziladigan maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish takliflariga qaratmoqchiman.

Buning ahamiyati bugungi kunda nima bilan belgilanadi!?

Birinchidan, doimiy maslahatlashuvlar mintaqadagi mamlakatlar uchun o‘zaro birlashib, dolzarb muammolarni hal qilishga zarur maydon sifatida xizmat qiladi.

Ikkinchidan, shu kabi mintaqaviy muzokaralar maydoniga ehtiyoj sezilayotgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari faqatgina ikki tomonlama tashriflar yoki ShHT, MDH sammitlari va boshqa xalqaro tadbirlar doirasida uchrashadilar holos.

Uchinchidan, bugungi kunda paydo bo‘layotgan o‘tkir masalalarni bir taraflama yoki ikki taraflama hal etish imkoni yo‘qligini barchamiz tushunamiz. O‘zbekiston taklif qilayotgan muzokara maydoni esa ko‘plab masalalarga umumiy yechim topishga va yagona qarashlarni ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Ushbu tashabbusning mazmun va mohiyati nimadan iborat ekanligi haqida to‘htaladigan bo‘lsak, shuni aytish joizki:

Birinchidan, Markaziy Osiyoda alohida xalqaro tashkilot tuzish yoki o‘z ustaviga ega bo‘lgan integratsion tuzilmani yaratish nazarda tutilmayapti.

Ikkinchidan, davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotni tuzish ilgari surilmayapti.

Uchinchidan, taklif qilinayotgan format – faqatgina maslahatlashuv maydoni sifatida xizmat qiladi.

Qolaversa, nazarda tutilayotgan taklif mintaqadan tashqarida joylashgan mamlakatlar manfaatlariga qarshi qaratilmaganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik hukm surishi barcha yirik davlatlar manfaatlariga to‘la mos keladi.

Bugungi kunda mintaqa davlatlari oldida shunday murakkab masalalar borki, ular borasida doimiy fikr almashish, o‘zaro manfaatli yechim topish, ishonchni mustahkamlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, ularni hal etish ma’lum bir vaqt va tinimsiz sa’y-harakatlar talab etadi.

Shu o‘rinda bir iborani eslatib o‘tmoqchiman: “Barcha ezgu ishlar birinchi qadamdan boshlanadi”.


Anvar Ilyosov olgan surat



Просмотров: 22153