×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:20:19 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


24 - sentabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H.Kamilovning BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining umumiy munozaralaridagi nutqi

Hurmatli Rais janoblari!

Hurmatli delegatsiya rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

O‘z nutqimni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun janoblariga hamda mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bevaqt olamdan o‘tishi munosabati bilan o‘zbek xalqiga hamdardlik yo‘llagan barcha davlat va hukumat rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirishdan boshlashni istar edim.

Islom Karimov rahbarligida O‘zbekiston mustaqil rivojlanishning ishonchli yo‘lida oyoqqa turdi hamda suveren davlat va BMTning teng huquqli a’zosi sifatida e’tirof qozondi.

O‘zbekiston Prezidenti bir necha bor ushbu yuksak minbarda nutq so‘zlagan. Aynan shu yerda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish, Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini ilgari surish, Orol dengizi fojiasining ekologik oqibatlarini bartaraf etish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalar aylanishiga qarshi kurash sohalarida xalqaro hamkorlikning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan qator muhim, xalqaro miqyosdagi siyosiy tashabbuslar e’lon qilingan. O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi va ular bugun tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga ulkan amaliy hissa qo‘shmoqda.

25 yil davomida Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston zamonaviy, tez rivojlanayotgan davlatga aylandi. Parlamentimiz palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 marta o‘sdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 9 marta ko‘paydi. Oxirgi 11 yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 8 foizdan kam bo‘lmagan darajada saqlanmoqda. Mutaxassislarning hisoblashlariga ko‘ra, joriy yilda ham o‘sish sur’ati shu darajada saqlanib qoladi.

BMT Bosh kotibi mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik yubileyi munosabati bilan yo‘llagan qutlov maktubida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatda onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalari o‘limi 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 66 dan 73,5 ga, ayollarda 76 yoshga oshdi. Bu xalqimizning yashash tarzi va farovonligi muntazam yaxshilanayotganligiga yaqqol misol bo‘ladi.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari,

E’tiboringizni quyidagi, bizning nazarimizda o‘ta muhim hisoblanadigan masalalarga qaratmoqchiman.

Birinchi. O‘zbekiston o‘zining asosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishga qaratilgan tashqi siyosatini izchil davom ettiradi. O‘zbekiston tashqi siyosatining mustahkam negizi BMT Nizomida va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga hamda avvalgi xalqaro huquqiy majburiyatlariga sodiq qolishini ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, O‘zbekiston bundan keyin ham barcha xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro hurmat, teng huquqlilik hamda o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga asoslangan holda do‘stlik va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni davom ettiradi.

O‘zbekiston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda ziddiyat va nizolarni faqat tinchlik, siyosiy yo‘l orqali hal qilishning tarafdori hisoblanadi. Mamlaktimiz tomonidan prinsipial va qat’iy qaror qabul qilingan - hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari O‘zbekiston hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ushbu yondashuvni biz uchun yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblanadi.

Ikkinchi. Afg‘oniston xalqaro xavfsizlik va barqarorlikning asosiy muammolaridan biri bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Afg‘on ziddiyatning ichki dinamikasi so‘nmayapti, balki olovlanmoqda hamda murakkablashib bormoqda. Ushbu mamlakatdagi ziddiyatni hal qilish istiqbollari, afsuski, ko‘zga tashlanmayapti.

Afg‘on nizosini nazorat qilishni faqatgina Afg‘onistonda ichki milliy kelishuvga erishish asosida, kurash olib borayotgan asosiy tomonlar o‘rtasida BMT rahbarligida tinch yo‘l bilan siyosiy muzokaralar o‘tkazish orqali, oldindan hech qanday shart va talablar qo‘ymasdangina amalga oshirish mumkin.

Donor mamlakatlar va xalqaro institutlar Afg‘onistonga mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni va aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan, birinchi navbatda, ta’lim va maorif sohasiga yordam berish bo‘yicha majburiyatlarini tasdiqlashlari o‘ta muhim hisoblanadi.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi Yevroosiyo materigidagi barcha davlatlarga ulkan va sezilari naf keltiradi. Afg‘onistonda doimiy tinchlik va barqarorlik barcha yo‘nalishlarda avtomobil va temir yo‘llari qurilishini, mintaqaviy va transmintaqaviy savdo rivojlanishini, quvur o‘tkazmalari o‘rnatilishini rag‘batlantiradi.

Shuning uchun xalqaro jamoatchilik Afg‘onistonga mintaqaviy muammolar manbai sifatida emas, balki eskirgan “status kvo”ni tag-tomiri bilan yulib tashlashga qodir ulkan strategik imkoniyat sifatida qarashlari hamda ko‘p tomonlama hamkorlik uchun fundamental va mustahkam asos shakllantirishlari kerak. Bu barchamizning umumiy taraqqiyotimiz va farovonligimiz uchun xizmat qiladi.

Uchinchi. O‘tgan yili BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan 2016-2030-yillarga mo‘ljallangan Baraqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun, ayniqsa, zamonaviy anomal tabiiy o‘zgarishlar sharoitida ekologiyani himoya qilish va atrof-muhitni asrash muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zining ekologiya-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari bilan mintaqadagi barqaror rivojlanishga, salomatlikka hamda u yerda yashaydigan insonlar genofondi va kelajagiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf solayotgan Orol dengizi fojiasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘ta salbiy ekologik muhit, Orolning muntazam qurib borishi va atrofida gumanitar halokatlarning ro‘y berishi, ichimlik suvining yetishmasligi va sifatining yomonlashuvi, xavfli kasalliklarning ortishi – bular Orol fojiasi oqibatlarining bir qismi hisoblanadi, xolos.

Orolbo‘yidagi tabiiy biologik zaxirani asrab qolish hamda Orol inqirozining atrof-muhitga va eng asosiysi, u yerda istiqomat qiladigan millionlab insonlarning hayotiga fojiali ta’sirini qisqartirish bugungi kunning eng muhim vazifasidir.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda suv-energiya resurslarini boshqarish masalasi bo‘yicha qat’iy prinsipial pozitsiyaga ega. Ushbu masalalar suv resurslarining oqilona va adolatli taqsimilanishini kafolatlaydigan va mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlari hisobga olinishini ta’minlaydigan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq ravishda hal etilishi lozim.

To‘rtinchi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning barcha tizimlari mustahkamlanishida, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik muammolarini hal qilishda va barqaror rivojlanishni ta’minlashda uning tuzilmalari rolini oshirish tarafdoridir.

O‘zbekiston BMTning institutsional isloh qilinishi zarur ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Ushbu islohot tashkilotning asosiy organlari – Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashining faoliyati va hamkorligi samaradorligini ta’minlamog‘i lozim. Bunda Bosh Assambleya kengash beruvchi, direktiv va vakillik organi sifatida o‘zining markaziy o‘rnini saqlashi kerak. Xavfsizlik Kengashi esa bosqichma-bosqich, jumladan, o‘zini kengaytirish hisobiga isloh qilinishi lozim.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!



Просмотров: 22696