×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:49:34 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - iyun 2016

OAV vakillari bilan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.J.Nasirovning nutqi (2016-yil 20-iyun)

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari,

Xonimlar va janoblar,

O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida joriy yilning 23-24-iyun kunlari Toshkent shahrida ShHTga a’zo-davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yig‘ilishda rasmiy ravishda o‘z ishtirokini quyidagi ShHTga a’zo-davlatlar rahbarlari tasdiqladilar: Qozog‘iston Respublikasi – Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi – Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi – Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi – Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi – Imomali Raxmon.

Kuzatuvchi maqomiga ega davlatlardan: Afg‘oniston prezidenti – Ashraf Gani, Belarusiya prezidenti – Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston prezidenti – Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston prezidenti – Mamnun Huseyn, Hindiston bosh vaziri – Narendra Modi, Eron tashqi ishlar vaziri – Moxammad Zarif, shuningdek raislik qiluvchi davlatning mehmoni sifatida – Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘z ishtirokini rasmiy tasdiqladi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilma ijroiya qo‘mitasining Direktori Yevgeniy Sisoyevlar ishtirok etadilar.

ShHT sammitida o‘z ishtirokini hamkor xalqaro tashkilotlarning rahbarlari ham tasdiqladilar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari – Djefri Feltman, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya kotibi - Ijroiya qo‘mitasining raisi – Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi – Nikolay Bordyuja, Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi – Le Liong Min hamda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengash Ijroiya direktori – Gun Szyanvey.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasi va tartib qoidalariga muvofiq yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov raislik qiladi.

Mazkur tadbirda qatnashish uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalaridan 1000 ga yaqin vakillar Toshkent shahriga tashrif buyuradilar.

Hurmatli brifing ishtirokchilari,

ShHT davlat rahbarlari Kengashi ShHTning oliy organi bo‘lib, u Tashkilot faoliyati va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbollari va strategiyalarini ko‘rib chiqadi va belgilab beradi, Tashkilotning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial xarakterga ega qarorlarni qabul qiladi, eng dolzarb xalqaro muammolarni hamda ShHTning boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.

Ushbu ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley yig‘ilishi bo‘lib, ShHT tashkil etilganligining 15 yilligiga bag‘ishlanadi.

Kun tartibiga muvofiq, davlat rahbarlari ShHT doirasida ko‘p tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qiladilar, shuningdek dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashadilar.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar va davlatlar bilan aloqalarini kengaytirish hamda ShHTning kuzatuvchi-davlatlari va dialog bo‘yicha hamkorlarini Tashkilot doirasida amaliy hamkorlikka keng jalb etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Muhokama etilishi kutilayotgan masalalar qatoriga davlatlararo dialogni qo‘llab-quvvatlash, tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash sohasida ShHT oldida turgan umumiy vazifalarni hal etish, ShHTga a’zo-davlatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek iqtisodiy va madaniy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishlar ham kiradi.

Sammit yakuni bo‘yicha Tashkilotning faoliyatini yanada takomillashtirishga hamda ShHTga a’zo-davlatlarning ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbarlari uchrashuvining asosiy yakuniy hujjati – ShHTning 15 yillik Toshkent deklaratsiyasidir. Ushbu hujjat Tashkilotning 15 yillik faoliyatining bahosi, ShHTni rivojlantirishning istiqbollari bo‘yicha a’zo-davlatlarning o‘zaro kelishilgan yondashuvlari, shuningdek joriy xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ShHTning pozitsiyalarini o‘z ichiga oladi. ShHT davlatlari rahbarlari ShHT Xartiyasida mustahkamlab qo‘yilgan Shanxay tashkilotining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilmaganligi prinsipini yana bir bor tasdiqlaydilar.

Davlat rahbarlari 2025-yilgacha bo‘lgan ShHTning rivojlanish Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Rejasini tasdiqlaydilar. Mazkur hujjat ShHT davlatlarining siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, axborot va xalqaro sohalardagi teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha aniq tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Bunda, ShHT davlatlari ushbu Strategiyada mustahkamlab qo‘yilgan quyidagi vazifalardan kelib chiqadilar:

- ShHT hududida tinchlik, barqaror rivojlanish, iqtisodiy o‘sish va progress, o‘zaro ishonch, yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va rivojlanish hududini yaratish;

- ShHTni ko‘ptarmoqli mintaqaviy tashkilot sifatida takomillashtirish. Bunda harbiy–siyosiy ittifoqni yoki milliy boshqaruv institutlardan yuqori turuvchi tuzilmani tashkil etish orqali iqtisodiy integratsion birlashmani shakllantirish nazarda tutilmaydi.

O‘zbekiston ShHTdagi raisligi doirasida 2015-yilda Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida davlat rahbarlarining Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish bo‘yicha jarayonni boshlash to‘g‘risida erishgan kelishuvlarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratdi. ShHT Toshkent sammiti doirasida Hindiston va Pokiston tomonlarining ShHTga a’zo-davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandumni imzolanishi mazkur yo‘nalishdagi ishlarning natijasi hisoblanadi. Bu Hindiston va Pokistonning tashkilotga teng huquqli a’zo sifatida qo‘shilish jarayonida eng muhim bosqichlardan biri bo‘ladi.

Davlat rahbarlari yig‘ilishi doirasida vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan ShHTga a’zo-davlatlarning turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish Dasturi imzolanadi. Mazkur hujjat yo‘lga qo‘yilgan madaniy-tarixiy aloqalar asosida turizm sohasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, ShHT Bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilma ijroiya qo‘mitasi Direktorining Tashkilot va Tuzilmaning o‘tgan yil davomidagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglash hamda protsedur xarakter ega qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Hurmatli brifing ishtirokchilari,

Ushbu ShHT sammiti o‘z mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining tashkilotdagi raisligini yakunlovchi tadbir hisoblanadi.

O‘zbekiston o‘zining raisligi davomida vorislik va bosqichma-bosqich mustahkamlash, ShHTga a’zo-davlatlarning manfaatlariga mos keluvchi o‘zaro manfaatli rivojlanish tamoyillariga to‘liq amal qildi, shuningdek xalqaro arenada Tashkilotning obro‘sini uzluksiz o‘sishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishni davom ettirdi.

ShHTning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tashkilot doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqa sohalarida o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishining kun tartibini mazmunan to‘ldirilishiga alohida e’tibor qaratildi. A’zo-davlatlarning qo‘shma sa’y-harakatlari tufayli o‘tgan yili ShHT faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida aniq natijalarga erishildi. Xalqaro aloqalar faol rivojlandi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga dialog bo‘yicha hamkor maqomini berish to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Shu bilan birga, 2015-yilning sentabr va joriy yilning aprel oylarida Toshkent shahrida Mintaqaviy aksilterror tuzilma Kengashining yig‘ilishi, joriy yilning aprel oyida – a’zo-davlatlar xavfsizlik Kengashi kotiblarining yig‘ilishi va joriy yilning may oyida – ShHTga a’zo-davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

ShHT sammiti arafasida Toshkent shahrida ShHTga a’zo-davlatlar vazirliklari va idoralari rahbarlarining bir qator uchrashuvlari o‘tkaziladi. Jumladan, 21-22-iyun kunlari ShHTga a’zo-davlatlar Madaniyat vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv doirasida madaniyat va san’at sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, ushbu yo‘nalishda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasida o‘zaro fikr almashish rejalashtirilmoqda.

22-23-iyun kunlari ShHT Ishbilarmonlar kengashi Boshqaruvi va ShHT Banklararo birlashma Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvlarda a’zo-davlatlar va kuzatuvchi-davlatlarning ishbilarmon va moliya vakillarining savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikda ishtirokini faollashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish, shuningdek infratuzilma qurilishi, yuqori texnologiyalar, iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan sektorlari hamda ShHTga a’zo-davlatlarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish bo‘yicha masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.

ShHT sammiti hujjatlarini to‘liq kelishish maqsadida, bugun - 20-iyunda ShHTga a’zo-davlatlar milliy koordinatorlari Kengashi o‘z ishini boshladi.

E’tiboringiz uchun rahmat.



Просмотров: 25018