×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:32:53 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - dekabr 2015

O‘zbekiston TIVda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yillik bayrami munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


Tashqi ishlar vaziri A.H.Kamilov o‘z nutqida Konstitutsiya qabul qilingan kun O‘zbekiston va o‘zbek xalqi tarixidagi eng muhim sanalardan biri bo‘lib qolganini qayd etdi. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari va ustuvorliklari belgilab berilgan Asosiy qonunning qabul qilinganidan e’tiboran O‘zbekiston tom ma’nodagi mustaqil davlat bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston ushbu muhim hujjatga tayangan holda boshqa davlatlar bilan o‘z munosabatlarini qurmoqda, o‘zining mustaqil tashqi siyosatini izchil yuritmoqda. TIV markaziy apparati va uning xorijiy mamlakatlardagi muassasalarining faoliyati Konstitutsiyaga hamda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda. Vazir tomonidan ta’kidlanganidek, mazkur Konsepsiya Asosiy qonun me’yorlariga asoslangan holda qabul qilingan.

Konstitutsiya kuni yilning so‘nggi oyida nishonlanadi, shu bois bizlar yakunlanayotgan yilni sarhisob qilmog‘imiz hamda kelajakdagi ustuvorliklarni belgilab olmog‘imiz zarur, dedi A.H.Kamilov.

U, shuningdek, joriy yil tashqi siyosat mahkamasi uchun samarador bo‘lganini aytdi. Oliy darajadagi qator tashrif va muzokaralar o‘tkazildi. Afsuski, dunyoning turli hududlarida vaziyatning keskinlashishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitlarda mustaqil ichki va tashqi siyosatni olib borish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va ilgari surish biz uchun muhim vazifa hisoblanadi, deya o‘z nutqini yakunladi vazir.

Tantanali marosim Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va Musiqali komediya teatrining yetakchi san’atkorlari ijrosidagi o‘zbek hamda chet el mumtoz operasi va baleti san’ati namunalaridan tashkil topgan madaniy dastur namoyishi bilan yakunlandi.



Просмотров: 13021