×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:35:25 (GMT +5), dushanba, 22 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


TIV Rahbariyati

photo

Abdulaziz Hafizovich Kamilov

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini izchil mustahkamlash, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda milliy manfaatlarni ilgari surish bo‘yicha prognoz baholarini va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish orqali tizimli axborot-tahlil ishlarini ta’minlashga mas’ul.

1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahrida tug’ilgan

Oliy ma’lumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

«Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Do’stlik», «O’zbekiston belgisi» va «O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

1973 — 1976yy. SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi
1978 — 1980yy. SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti
1980 — 1984yy. SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi
1984 — 1988yy. SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq bo’limining xodimi
1988 — 1991yy. SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi
1991 — 1992yy. O’zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi
1992 — 1994yy. O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o’rinbosari
1994 — 1994yy. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari
1994 — 2003yy. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
1998 — 2003yy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori
2003 — 2003yy. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashqi-siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchisi
2003 — 2010yy. O’zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi
2004 — 2010yy. O’zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi
2008 — 2010yy. O’zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi
2010 — 2012yy. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari
2012y. yanvardan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Arab va ingliz tillarini biladi.

Oilali, bitta farzandi bor.

photo

Axatov Dilshod Xamidovich

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, yuqori hamda oliy darajadagi tashriflarni puxta tayyorlash va natijali o‘tkazish, amaliy ahamiyat kasb etuvchi kelishuvlarga erishish, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik rejalarining («yo‘l xaritalari»ning) o‘z vaqtida hamda to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul.

1972-yil 28-iyunda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahri) va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (Universitet) tamomlagan.

1995-1999yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasining stajeri, referenti, attashesi

1999-2003yy. - O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi attashesi, uchinichi kotibi

2003-2007yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i

2007-2010yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i

2010-2013yy. - O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (o‘rindoshlik bo‘yicha Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada)

2013-2016yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i

2016-2018yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i

2018y. may - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiing Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i

2018y. 28-maydan - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Nemis, rus va ingliz tillarini biladi.

Oilaliy, uch nafar farzandi bor.

photo

Xidayxodjayev Jahongir Isamutdinovich

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi – Ijro etuvchi apparat rahbari


Konsullik xizmatlari ko‘rsatilishining sifati va tezkorligini ta’minlash, xorijda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’sirchan himoya qilish, ularning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish, vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyatini samarali amalga oshirishga mas’ul.

1979-yil 24-avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

2002-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univetrsitetini “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1997 - 2002 – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univetrsiteti talabasi

2003 - 2015 – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univetrsitetida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i

2015 - 2018 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi (2018-yildan – Konsullik-huquqiy boshqarmasi) bo‘limi boshlig‘i

2018-yil 2-avgustdan – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi – Ijro etuvchi apparat rahbari

Rus va ingliz tillarini biladi.

Oilali, uch farzandi bor.

photo

Ne’matov Ilhomjon To‘ychiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha respublika ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga nisbatan mamlakatning milliy manfaatlarini samarali ilgari surish va himoya qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va vazirning maxsus topshiriqlarini amalga oshirishda maqsadli ish olib boradi.

1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan

1973-yili Farg‘ona politexnika institutini tamomladi

1992-yili SSSR TIV Diplomatiya akademiyasini tamomladi

Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega

1973-1974 – Qurolli Kuchlar safida xizmat

1975-1989 – Namangan viloyatining qurilish tashkilotlari, partiya va jamoatchilik organlarida rahbar lavozimlarida ishladi

1989-1992 – SSSR TIV Diplomatiya akademiyasi tinglovchisi

1992- 1993 – Konsullik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

1993- 1995 – O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi 1-kotibi, maslahatchi-vakili

1995- 1996 – O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

1996- 1997 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy havfsizlik kengashi Bosh konsultanti

1997- 1999 – O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

1999-2008 – Tashqi ishlar vazirligining maslahatchisi, o’rinbosari, 1-o’rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining ShHTdagi milliy koordinatori

2008-2010 – O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

2010-2013 – O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

2010-2013 – O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya va Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

2013-2014 – O‘zbekiston Respublikasi TIVning Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi

2014 – 2016 – «GM Uzbekistan» AJ Bosh direktori maslahatchisi

2016-yil 14-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Ingliz, rus va nemis tillarini biladi.

Oilali, uch farzandi bor.

photo

Irgashev Ismatulla Raimovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan vakolat va topshiriqlarga qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Afg‘oniston bilan bog‘liq barcha masalalarini muvofiqlashtiradi.

1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1982-yilda Toshkent Davlat universitetini «Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari o‘qituvchisi» mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

1982-1984 – harbiy xizmat (Afg‘oniston)

1984-1992 – harbiy bilim yurtida chet tili o‘qituvchisi

1992-1994 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi

1994-1994 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari – sektor mudiri

1994-1996 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i

1996-1999 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

1999-2003 – O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda o ‘rindoshlik asosida qarorgohi Pekinda joylashgan Mongoliya va KXDRdagi Favqulodda va Muxtor elchi

2003-2004 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili

2004-2012 – O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi

2012-2017 – Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi, xalqaro kompaniya prezidentining maslahatchisi

2017-yil 24-maydan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Fors, ingliz va turk tillarini biladi.

Oilali, besh nafar farzandi bor.