×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:33:59 (GMT +5), dushanba, 24 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining hay’ati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari to‘g‘risida”gi 1994-yil 16-martdagi 140-sonli qaroriga 1-ilovaning 10-bandiga ko‘ra Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:

Vazirlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti prinsipini hayotga yanada joriy qilishni davom ettirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yo‘lini amalda ro‘yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning davlat manfaatlarini hamda uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda Vazir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Hay’ati tarkibi

Hay’at raisi

Kamilov Abdulaziz Hafizovich – Tashqi ishlar vaziri

Hay’at a’zolari

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarlari

Konsullik boshqarmasi boshlig‘i

Hay’atning mas’ul kotibi

Kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i

Просмотров: 12803