×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:44:20 (GMT +5), chorshanba, 30 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - iyul 2020

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati bilan tanishdi

2020-yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari viloyat kengashlari a’zolari Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.

Maqsad tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatini o‘rganish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Tadbirda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Tashqi ishlar vazirligining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida xabardor qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitisiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan “Muvofiqlashtiruvchi guruh” ko‘rinishida joriy etilgan yangi mexanizm “diplomatik vakolatxonalar-vazirliklar-hokimliklar” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor ma’lumot almashishni o‘z ichiga oladi.

Yil boshida har bir hududga qo‘shimcha ravishda 10 ta diplomatik vakolatxona biriktirilgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari respublikaning har bir tuman va shaharlariga biriktirilgan, ular ITSV bilan birgalikda mahalliy hokimiyat organlariga tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalarini ilgari surishda yordam berishmoqda.

Masalan, joriy yilning aprel-iyun oylarida elchixonalarning bevosita yordami bilan umumiy qiymati 513 million AQSh dollariga teng 492 ta yangi eksport shartnomalari tuzildi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida diplomatik vakolatxonalar Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda umumiy qiymati 814 million AQSh dollariga teng 106 ta loyihani ishlab chiqdilar, ularni chet elda yashayotgan vatandoshlar ishtirokida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ilhom Ne’matov Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda “COVID-19” pandemiyasining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi. Xususan, jami 11,6 million dollarlik gumanitar yuklar hamda moliyaviy va texnik yordam jalb etildi.

Bundan tashqari, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining zarar ko‘rgan hududlariga yordam berish uchun O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari 700 ming dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatdilar.

Uchrashuvda Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari so‘zga chiqib, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish borasida aniq takliflarni bildirdi.



		
		
Marta o`qilgan: 974