×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:02:23 (GMT +5), juma, 14 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


13 - mart 2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga 2019-yil mobaynida kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumot

2019-yil davomida Vazirlikka va uning hududiy bo‘linmalariga jami 6887 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 1693 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali, 5194 tasi bevosita Vazirlikka kelib tushgan. Ushbu raqam 2018-yildagi raqamga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p. Mazkur holat Vazirlik tizimida murojaatlarni qabul qilish sektori (Call centre) tashkil etilib, og‘zaki murojaatlarning ortishi bilan izohlanadi. Hisobot davri mobaynida Call centre orqali 2325 ta og‘zaki murojaatlar qabul qilingan.

Kelib tushayotgan murojaatlar mazmuniga ko‘ra, asosan xorijda javobgarlikka tortilgan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish, chet davlatlarda bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirib topishda amaliy yordam ko‘rsatish, yo‘l-transport hodisalari va boshqa ko‘ngilsizliklar oqibatida tan jarohati olgan yoki vafot etgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va shu qatorda tashqi savdo, investitsiya hamda turizm sohalariga oid murojaatlardir.

Vazirlik tizimiga kelib tushgan barcha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqilib, ular har tomonlama chuqur o‘rganilishi va o‘z vaqtida ijro etilishi Vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Vazirlikka kelib tushgan arizalarning aksariyati konsullik-huquqiy xarakter kasb etib, ayniqsa Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida mehnat faoliyatini olib boruvchi fuqarolarimiz taqdiri bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan qo‘shimcha ravishda Rossiyaning 5 ta hududida (jami 7 ta), Qozog‘istonning 2 ta hududida (jami 3 ta) O‘zbekistonning konsullik muassasalari faoliyat yuritmoqda. O‘z navbatida bu yordamga muhtoj fuqarolarimizga tegishli konsullik ko‘magini tezkor va sifatli amalga oshirish imkonini bermoqda.

Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, arizalarda bayon etilgan ko‘pgina masalalar bevosita xorijiy davlatlar hududida sodir etilishi va undagi holat ushbu davlatlar yurisdiksiyasi asosida ko‘rib chiqilishi bois, har doim ham kutilgan natijalarga erishishning imkoni mavjud emas. Bu o‘z navbatida ariza mualliflarining noroziligiga va takroriy murojaatlar sonining ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya va 2002-yil 7-oktabrda Kishinyov shahrida imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyalar doirasida O‘zbekistonning manfaatdor vazirlik va idoralari, qolaversa fuqarolarning o‘zlari mazkur Konvensiyaga a’zo davlatlar vakolatli idoralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Mazkur holat murojaatlarni chet el vakolatli idoralariga tez fursatda yetib borishini va ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga 2019-yil mobaynida kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida
MA’LUMOT

Jami vazirlik tizimiga
 kelib tushgan murojaatlar 

Shundan

  Vazirlik raxbariyati tomonidan  
qabul qilgan shaxslar soni

  Bevosita idorada  
qabul qilingan
shaxslar soni

Virtual qabulxona
  orqali kelgan murojaatlar  
soni

Bevosita idora va uning hududiy
 bo‘linmalariga kelgan murojaatlar

 Og‘zaki 

 Yozma 

 Veb-sayt 

 Elektron
pochta

6887

1693

2325

1673

41

1155

75

511



		
		
Marta o`qilgan: 1800