×

Телефон доверия (круглосуточно):

(+998 71) 233-28-28


Канцелярия

(+998 71) 239-14-27

Факс: +(998 71) 239-15-17


Электронная почта: info@mfa.uz


Консульское управление:

Вопросы визы - (+998 71) 233-73-40, 236-27-07;

Ввопросы гражданства, легализации и правовой помощи- (+998 71) 232-17-30, 233-36-03

Паспортный отдел - (+998 71) 236-37-54;

Работа с консульскими учреждениями - (+998 71) 233-35-58


Электронная почта: consul@mfa.uz


Контакты

Консульская услуга
Виза в Узбекистан – E-visa
23:16:27 (GMT +5), воскресенье, 24 июня 2018
O‘zbekcha На русском In English
Включить озвучивание Мобильная версия сайта Версия для слабовидящих
Министерство иностранных дел Республики Узбекистан

Министерство иностранных дел Республики Узбекистан

Виртуальная приёмная Президента Республики Узбекистан Виза Республики Узбекистан Памятка гражданам Узбекистана, выезжающим за рубеж О консульских округах Узбекистана за рубежом

Актуальные вопросы


20 февраля 2018

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.

Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:

birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti;

ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari

va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;

uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-do‘konlar, to‘lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‘xtatib turilishining sabablaridan biri bo‘lmoqda;

to‘rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta’minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, ma’lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda;

beshinchidan, ko‘plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti;

oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti;

ettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur’atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;

sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining:

Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazish;

“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish;

“Matbuot tarqatuvchi” AKni belgilangan tartibda “O‘zbekiston pochtasi” AJga qo‘shish masalasini “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

Vazirlik ikki hafta muddatda o‘tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag‘larining O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta’minlasin.

2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

va qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

“oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o‘zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash;

davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, “aqlli” va “xavfsiz” shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish,

shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish;

etakchi xorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish;

kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha texnologiyalarning qo‘llanishini tartibga solishda ishtirok etish;

taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‘llash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini va tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishga ustuvor e’tibor qaratadilar;

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari uch yilda bir marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tadilar;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat respublika organlari bo‘linmalarining rahbarlari Vazirlik bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlari bo‘linmalarining rahbarlari Vazirlikning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.

4. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) etib qayta tashkil etilsin.

Inspeksiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonunchilik, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi belgilansin.

2018 yil 1 apreldan Inspeksiyaga qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, olish huquqi berilsin.

5. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rgansin hamda ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Vazirlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

“O‘zbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish;

pochta aloqasi operatorlari va kurerlarining tarmog‘ini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish.

7. Belgilab qo‘yilsinki:

a) 2018 yil 1 iyundan:

tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi;

b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o‘z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari Vazirlik hay’ati tomonidan aniqlanadi;

g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari har yil yakunlari bo‘yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 avgustga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlash;

sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish;

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;

joylarda, ayniqsa, olis joylarda elektron davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada kengaytirish.

Belgilansinki, dasturlarni va loyihalarning manzilli ro‘yxatini moliyalashtirish Fond mablag‘lari hisobidan, tegishli hudud mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun kelib tushadigan summaning 5 foizgacha bo‘lgan miqdorida amalga oshiriladi.

9. Mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan dasturlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va idoralararo muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda:

dasturlar qabul qilinganidan keyin hududiy kengashlar tarkiblarini tasdiqlasin, shuningdek, dasturlar ijrosining har oyda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;

“Kompyuterlashtirish markazi” DUKni “Elektron hokimiyat” axborot tizimini yaratish va joriy etishni asosiy vazifa deb belgilagan holda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rsin.

10. Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sur’atlari bilan uzluksiz aloqasini ta’minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda o‘quv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

professor o‘qituvchilar tarkibi mehnatini o‘qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta’limga xos tadbirlar asosida ish vaqti xisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantirish huquqi berilsin.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi bo‘yicha o‘qitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik va Inspeksiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalarini kiritsin;

bir oy muddatda Vazirlik va Inspeksiya to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4702-son Farmoni 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

13. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent shahri, 2018 yil 19 fevral



Просмотров: 4006