Hindiston Elchisi bilan uchrashuv
2024-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Konstruktiv muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Avval erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, turli darajadagi o‘zaro tashriflarni tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan 2025-yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasini kelishishga alohida e’tibor qaratildi.