Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Muloqotda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi himoyasi va huquqlarini ta’minlashda Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya korxonalariga mehnat faoliyatini tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida bir qator konstruktiv kelishuvlarga erishildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun tashkiliy ravishda jo‘natishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Migratsiyani tartibga solish masalalarini muhokama qilish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Elchixonasi mas’ul xodimlari o‘rtasida har hafta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun ishchi format yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.