Ostonada O‘zbekiston-Qozog‘iston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 5-avgust kuni Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yermuxambet Konuspayev rahbarlik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqdilar.