O‘zbekiston-Malayziya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2024-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Malayziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilham Tuah bin Illias bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston-Malayziya kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning joriy yil 17-19-may kunlari yurtimizga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Turli darajadagi bo‘lajak tashriflar va qo‘shma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlariga asosiy e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda, shuningdek, sayyohlar almashinuvini, ayniqsa, ziyorat-turizm sohasida yanada ko‘paytirish zarurligi ta’kidlanib, tegishli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.