Tailand Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2024-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Tailand Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari Busadi Santipitaks bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tailand hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotni, jumladan, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish va turizm xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.