Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Xaydarov Ilxom Utkurovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
I.Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (2006-2009-yillarda) lavozimlarida ishlagan.