O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari TURKSOY Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi
2024-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetovning Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sultanbay Rayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar TURKSOY doirasidagi ko‘p qirrali madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv mobaynida 2023-yilda madaniy diplomatiya sohasida qo‘shma xalqaro tadbirla, jumladan Toshkentda TURKSOYning 30 yilligi nishonlanishi va 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” turkumidagi jamlanma taqdimoti muvaffaqiyatli tashkillashtirilgani alohida qayd etildi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishda qo‘shma tadbirlar, loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali turkiy mamlakatlar madaniyatini targ‘ib qilish va ommalashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.