Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni doimiy ravishda rag‘batlantirish hamda iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.