O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Rossiya Elchisi bilan uchrashdi
2024-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.